Cookie-fayllari ichki va tashqi bo’ladi (trekerlar).
Ichki cookie-fayllar — bu kichik matnli fayllar bo’lib, brauzer ularga siz tashrif buyurgan saytlar maʼlumotlarini yozadi. Cookie-fayllari saytlarga o’z tashrif buyuruvchilarini “eslab qolish” imkoniyatini beradi, masalan, har safar login va parollarini so’ramaslik uchun.
Trekerlar (tashqi cookie-fayllar yoki third-party cookies) — sayt dasturiy kodining kichik fragmentlaridir. Sayt ochilganda treker avtomatik yuklanib, axborot jamlaydi (masalan, manzil, qurilma turi yoki IP-manzili) va uni trekerni egasiga uzatadi. Trekerni sayt administratori va uning hamkorlari joylashtirishi mumkin. Misol uchun, siz ochgan saytda http://www.example.org saytiga tegishli banner mavjud. Bu banner sizning faoliyatingiz haqidagi maʼlumotni saytda saqlaydigan cookie-faylni brauzerda qoldiradi. Agar reklama bannerini o’z ichiga olgan http://www.example.org saytiga kirsangiz, reklama tarmog’i mazkur tashriflarni o’zaro ulaydi.
Trekerlar nima uchun foydali
Trekerlar yordamida sayt egasi nechta foydalanuvchi qaysi hududlardan hamda qaysi qurilmalardan uning saytiga kirayotganini baholaydi. Bu maʼlumotlar saytni auditoriya ehtiyojlari uchun optimallash imkonini beradi.
Trekerlar bir nechta saytlarda umumiy logindan foydalanish imkonini beradi.
Mustaqil kirilgan saytlardagi trekerlar (masalan, ijtimoiy tarmoqlar) katta ehtimol bilan yaxshi maqsadda ishlatilmoqda.
Vijdonsiz foydalanishga misollar
Yomon maqsaddagi trekerlar egalari telefon raqami yoki elektron pochta manzili kabi saytga kiritilgan shaxsiy axborotlarni tashqi kompaniyalarga uzatishi va sotishi mumkin. Buning natijasida esa keraksiz reklama mavjud xatlarni olishingiz yoki telefoningiz raqamini qoldirmagan reklamachilardan asabga tegadigan chaqiruvlarni qabul qilishingiz mumkin.
Yomon maqsaddagi trekerlarning axborotlardan bu kabi foydalanishini sizning maxfiyligingizga daxl qilish deb baholaymiz. Uni himoya qilish maqsadida Yandex Brauzer uchun Neyroprotect faol himoya tizimiga kiruvchi maxsus YTP texnologiyasini ishlab chiqdik.
YTP nima
Your Tracking Protection (YTP) texnologiyasi trekerlar ishini cheklashga yordam beradi va shaxsiy axborotlarni qaysi resurslarga ishonish amalini tanlashda imkoniyat yaratadi.
YTP asosida oddiy qoida yotadi: u faqat siz kirgan saytlarga tegishli trekerlarni ishga tushiradi. Faqat ular bir-biriga sizning maʼlumotlarni yuborishi va sizga mos reklama eʼlonlarini ko’rsatishi mumkin. Agar siz saytga 45 kun kirmagan bo’lsangiz, u holda Brauzer uning trekerlarini bloklay boshlaydi.
Reklama tufayli saytlarning egalari daromad oladi, siz esa sahifalarni koʻrish uchun pul toʻlamaysiz. Yandex xizmatlarning bepul bo’lishi va asabga tegmaydigan reklama orasidagi muvozanatni qidiradi.
Shu tariqa internet siz uchun qulay holatda qoladi (masalan, bir necha sayt uchun umumiy logindan foydalanish mumkin), saytlar esa mehmonlarni keraksiz reklama bilan bezovta qilmasdan o’z faoliyatini davom ettira oladi.
Trekerlar bloklangan sahifalar tezroq yuklanadi.
Bundan tashqari, YTP texnologiyasi sahifada qaysi trekerlar ishlayotganiga razm solish va ular orasidan shubhalilarini bloklash imkonini beradi.
Kuzatuvni bloklash oynasida kerakli trekerni toping, uning oʻng tomonidagi Меню belgisini bosing va quyidagilardan birini tanlang:
Butunlay bloklash, blokirovkani bekor qilmaguningizcha trekerni bloklash uchun.
Butunlay blokdan chiqarish, trekerni blokdan chiqarish uchun.
Sayt trekerlarini bloklashni faolsizlantirish
Ayrim saytlar tashqi cookie-fayllarsiz normal faoliyat yuritolmaydi (saytning bir qismi ishlamaydi, masalan, chipta xarid qilganda joyni tanlash imkoni bo’lmaydi). Agar sayt buzilsa, trekerlar bloklanishini faolsizlantirishga urining: