---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.39.1
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-lite/en/privacy/cookies.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-lite/kk/privacy/cookies.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-lite/ru/privacy/cookies.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-lite/tr/privacy/cookies.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-lite/uz/privacy/cookies.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser-mobile-lite/uz/llms.txt

# Cookie-fayllar

## Cookie-fayl nima {#what}


{% note alert %}

Standart shaklda Yandex Brauzer Laytda cookie-fayllarni saqlashga ruxsat etiladi.

{% endnote %}


_Cookie_ (kuki) ‒ veb-server tomonidan yuboriladigan va sizning qurilmangizda saqlanadigan kichik ma’lumot. Cookie-faylda siz haqingizda maʼlumot saqlanadi. Masalan, login va parol, joylashuv, til sozlamalari, internet-doʻkon qutisidagi tovarlar maʼlumotlari.

**Nega cookie-fayllar foydali**

- Avtorizatsiya talab etilgan saytda siz har safar login va parolni kiritishingiz talab etilmaydi.
- Agar buyurtma bersangiz va internet-doʻkondan chiqib ketib, keyin qaytib kelsangiz – tovarlar qutida saqlanadi.
- Agar ob-havo maʼlumotlari saytiga birinchi kirganda shaharni koʻrsatgan boʻlsangiz — sayt qaytib sizdan buni soʻramaydi.
    
    Veb-analitika vositalarida (masalan, [Yandex Metrika](https://yandex.ru/support/metrica/index.html)) cookie-fayllardan foydalanuvchining Internetdagi xatti-harakatlarini kuzatish uchun foydalaniladi.

**Nimaga Cookie-fayllar maxfiylik uchun xavf tugʻdiradi**
- Agar qurilmangizdan begona odam foydalansa, cookie-fayllarda esa login va parollar saqlanadi, u sizning hisoblaringizga kirishi mumkin.
- Agar yovuz niyatli shaxs cookie-fayllarni qoʻlga kiritsa, u sizning shaxsiy maʼlumotlaringizga kirish imkoniga ega boʻladi. Ulardan asabga tegadigan reklama koʻrsatishda foydalanish mumkin.


## Cookie-fayllarni oʻchirish {#delete}

1. ![](../_image/menu-icon-lite.png)&nbsp;→ ![](../_image/settings-icon-lite.png) tugmasini bosing.
1. **Ma’lumotlarni o‘chirib tashlashni** bosing.
1. Almashtirish tugmasini **Barcha maʼlumotlar** qilib belgilang.
1. **Oʻchirish** tugmasini bosing.


{% include [butt-faq](../_includes/button-faq-8d9eeb714bf1.md) %}