Xavfli sahifalarni bloklash

Mobil Yandex Brauzer xavfli saytga o‘tganingizda sizni ogohlantiradi, lekin to‘laqonli antivirus mahsuloti hisoblanmaydi. Shu bilan birga, Brauzer antiviruslar bloklamaydigan tahdidlaridan himoya qiladi. To‘liq himoya qilish uchun ikkalasini ham ishlatishni tavsiya etamiz.

Sahifani ochganingizda, Brauzer uni o’zining zararlangan resurslar maʼlumotlar bazasida tekshiradi. Bazada topilgan sahifa yuklanmaydi. Ekranda bildirishnoma paydo bo‘ladi, Aqlli qatorda esa sayt manzili qizil rangda ko‘rsatiladi. Bildirishnomani eʼtiborsiz qoldirib, veb-saytga kirishingiz mumkin, ammo bu xavfli.

Diqqat

Agar zararli kod qurilmangizga tushsa, firibgarlar shaxsiy maʼlumotlaringiz va elektron to’lovlaringizdan foydalanish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Yordam xizmatiga yozish