Brauzerda videoni ijro etish

Mobil Yandex Brauzer mp4, webm, ogv, x-m4v kengaytmali video fayllarni ocha oladi.

flv, wmv va hls kengaytmali video fayllar dastaklanmaydi.

Videoni boshqarish

Videoni aylantirish

Videoni 10 soniya oldinga yoki orqaga aylantirish uchun mos ravishda video rolikning o’ng yoki chap tomonlarini ikki marta bosing.

Videolarni ilovalar ustida ochish

Sharh

Funksiya barcha foydalanuvchilar uchun mavjud emas, chunki u ishlab chiqish jarayonida.

Agar Brauzerda butun ekran rejimida video tomosha qilayotganda boshqa ilovaga kirsangiz, video ushbu ilovaning yuqori qismidagi kichik oynaga joylashtiriladi. Oynani bosish orqali siz Brauzerda video tomosha qilishga qaytasiz. Video oynasi ekranning istalgan joyiga joylashtirilishi mumkin.

Bu funksiyani yoqish uchun:

  1. Меню tugmasini bosing.

  2. Asosiy bo’limiga kiring.

  3. Qo‘shimcha bo‘limida Video mini oynada opsiyasini yoqing.

Subtitrlar tarjimasi

Cheklov

Hozirgi paytda Yandex subtitrlari Coursera, VKontakte, YouTube, Twitch, Vimeo, 9GAG kabi ayrim xostinglardagi videolarda mavjud.

Yandex Brauzer tarjima qilishi mumkin bo’lgan videolar uchun subtitrlarni dastaklaydi. Subtitrlarni yoqish va sozlash uchun:

  1. Videoda ustiga bosing.

  2. Subtitrlarnilarni sozlash uchun ustiga bosing va tanlang:

    • Subtitr tili — asl yoki tarjima tilini tanlashingiz mumkin. Agar videoda subtitrlar boʼlsa, Yandex emas, balki xizmat subtitrlarini ko’rsatish mumkin.
    • So‘zlarni yoritish — ayni paytda talaffuz qilinayotgan so‘z yoritib ko‘rsatiladi. Bu funksiya faqat asl tildagi Yandex subtitrlariga tatbiq etiladi.

Sharh

Soʻzning tarjimasini subtitrda koʻrish uchun noma’lum soʻzni bosing - qalqib chiquvchi oynada soʻz va iboraning tarjimasi paydo boʻladi, video esa toʻxtaydi. Tomoshani davom ettirish uchun videodagi oynaning istalgan joyiga bosing.

Video tarjimasi bo’lgan subtitrlarni yoqolmayapman
  1. МенюTarjimon tugmasini bosing.

  2. Videodagi “Tarjima qilish” va “Subtitrlar” tugmalari, shuningdek tarjimasiz videodagi “Subtitrlar” tugmasi opsiyalarini yoqing.

  3. Videoda subtitrlarni yoqing va sozlang.

Agar videoni to’liq ekran rejimida yoki ilovalar ustida (“rasm ichida rasm”) ko’rayotgan bo’lsangiz, subtitrlarni yoqish imkoni bo’lmaydi. Oddiy rejimga qayting, subtitrlarni yoqing va sozlang. Keyin videoni to’liq ekranda yoki ilovalar ustida qayta oching.

Subtitrlarni tarjimasiz qanday yoqish mumkin
  1. Tarjima belgisi yonidagi ustiga bosing.

  2. Subtitrlar funksiyasini yoqing.

  3. Subtitrlar tili maydonida asl tilni tanlang. Agar xizmatning o’z subtitrlari bo’lsa, ularni ham tanlash mumkin.

Videoga oid muammolar

Video ijrosi sekin

Tovush videodan oldin kelishi yoki video o’rnida qora ekran namoyish etilishi mumkin.

Kesh va cookie fayllarini tozalang. Brauzer keshi xotira kartasida saqlanmayotganini tekshiring.

Keshni tozalash
  1. Меню tugmasini bosing.

  2. Maxfiylik va xavfsizlik tugmasini bosing.

  3. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  4. Keshni belgilang.

  5. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat Brauzer keshini tozalashni istasangiz).

  6. Tozalash tugmasini bosing.

  7. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.

Cookie-faylni tozalab tashlash
  1. Pastki panelda Меню ustiga bosing.

  2. Maxfiylik va xavfsizlik boʻlimiga kiring.

  3. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  4. Cookie-fayllarni belgilang.

  5. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat cookie-fayllarni o‘chirishni istasangiz).

  6. Tozalash tugmasini bosing.

  7. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.

Video sifati past

Videoni ijro etish sifati odatda Internet tezligiga bog’liq. U haddan tashqari past bo’lsa, unda keshni tozalab ko’ring:

  1. Меню tugmasini bosing.

  2. Maxfiylik va xavfsizlik tugmasini bosing.

  3. Ma’lumotlarni tozalash tugmasini bosing.

  4. Keshni belgilang.

  5. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat Brauzer keshini tozalashni istasangiz).

  6. Tozalash tugmasini bosing.

  7. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.

Veb-saytga kirishda videoning avtomatik ijrosini o‘chirolmayapman

Ayrim veb-saytlarga o‘tilganda, video ijrosi avtomatik ravishda boshlanadi. Brauzerda veb-saytlardagi videolarni avtomatik ishga tushirishni faolsizlantirish imkonsiz.

Yordam xizmatiga yozish