Qidirish imkoniyatlari

Savollarni hal qilishda Yandex bilan qidiruv, Aqlli qator, ovozli qidiruv va sahifadan qidirish yordamida vaqtingizni tejang. Mobil Yandex Brauzerida maʼlumotni rasmlar asosida ham qidirishingiz mumkin.

Sharh

Qidirish natijalarida keraksiz kontent chiqmasligi uchun oilaviy qidiruv rejimini yoqing. Bu haqda batafsil axborot Bolalar uchun qidirishni cheklash bo’limi, Yandex qidirish tizimi haqidagi savol-javoblar hujjatida keltirilgan.

Aqlli satr

Aqlli satr — bu Brauzerning sayt manzil va qidiruv axboroti uchun asosiy element. Aqlli satr brauzerning pastki qismida joylashgan.

Saytni ochganingizda Aqlli satr ekranda joy egallamasligi uchun yo’qolishi mumkin. Agar uni qaytarmoqchi bo’lsangiz, Brauzerning quyi chegarasiga bosing.

So’rov yaratish yoki saytga kirish

  1. Aqlli satrda so’rov, manzil yoki sayt nomini kiriting(so’rovlar ovoz va klaviatura yordamida ham berilishi mumkin).

  2. Virtual klaviaturada matn kiritish tugmasini bosing.

Brauzer sizga kerakli narsani — sayt yoki qidiruv sahifasini o’zi aniqlaydi va natijani chiqaradi.

Aqlli satrdagi belgilar

Умная камера — Aqlli kamerani yoqish;

 — Aqlli satrni tozalash;

Обновить — ochilgan sahifani yangilash;

 — ovozli qidiruvni boshlash.

Maʼlumotlarni kiritishdagi ishoralar

— qidiruv so’rovining ko’p uchraydigan variantlari (uni Aqlli qatorga joylashtirish uchun kerakli variantni bosing);

Значок поиска — qidiruv so’rovining variantlari (uni Aqlli satrga joylashtirish uchun kerakli variantni bosing);

Посещенные сайты — siz allaqachon kirgan saytlar;

Популярные сайты — mashhur saytlar.

Sayt sahifasi bo‘ylab qidirish

  1. Sahifada qidirish tugmasini bosing.

  2. Qidirish uchun so‘z yoki jumlani kiriting.

Brauzer sahifadagi barcha kerakli so’zlarni ko’rsatadi. Ular o‘rtasida almashish uchun Следующее va Предыдущее belgilaridan foydalaning. Qidiruvni yopish uchun chapdagi belgisini bosing.

Rasmlar asosida qidirish

Brauzerda siznikiga o’xshash rasmlarni qidirishingiz yoki obyektni suratga olishingiz va u nima ekanini so’rashingiz mumkin. Qidiruv uchun Yandex kompyuter ko’rish algoritmlari ishlatiladi. Qidiruv natijalarida rasmingizning aniq va biroz farqli nusxalari aks etadi. Masalan, bir xil zotli mushukchalarning suratlari.

Yuklangan suratga o’xshash rasmlarni topish uchun:

  1. Aqlli satrda Умная камера tugmasini bosing.

  2. Qidiruv rejimini tanlang.

  3. Telefon kamerasiga suratga oling yoki suratlar galereyasidan rasm tanlang (pastki o’ng burchakda oxirgi suratning kichik nusxasi tushirilgan dumaloq belgini bosing).

Brauzer natijani taniydi va oʻxshash rasmlarni taklif qiladi. Qidiruv natijalari O’xshashlar bo’limida bo’ladi.

Yordam xizmatiga yozish
Avvalgisi
Keyingisi