Ruxsatlar

Mobil Yandex Brauzerning to‘g’ri ishlashi uchun ruxsatlar berilishi zarur. Ularning bir qismi o’rnatish paytida, boshqa qismi esa funksiya ishga tushirilganda so’raladi.

Bildirishnomalarga kirishga ruxsat berish

Yandex xizmatlaridan eslatmalar yuborish uchun talab qilinadi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga bildirishnomalarga kirish huquqini berishdan bosh tortgan bo’lsangiz, buni keyinroq qilishingiz mumkin:

  1. Planshet sozlamalarini oching.
  2. BildirishnomalarYandex Brauzer bandini tanlang.
  3. Bildirishnomalarga ruxsat funksiyasini yoqing.

Harakatlarni kuzatishga ruxsat berish

Qidiruv funksiyasi qiziqishlaringizni hisobga olishi uchun talab qilinadi.

Agar o’rnatish paytida Brauzer ilova va veb-saytlardagi xatti-harakatlaringizni kuzatishiga ruxsat bermagan bo’lsangiz, buni keyinroq qilishingiz mumkin:

  1. Planshet sozlamalarini oching.
  2. Maxfiylik va xavfsizlikKuzatuv bandini tanlang.
  3. Yandex Brauzer uchun opsiyani yoqing.

Mikrofondan foydalanish

Ovozli qidiruv uchun talab etiladi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga mikrofonga kirish huquqini bermagan bo’lsangiz, buni keyinroq qilishingiz mumkin:

  1. Planshet sozlamalarini oching.
  2. Maxfiylik va xavfsizlikMikrofon bandini tanlang.
  3. Yandex Brauzer uchun opsiyani yoqing.

Kameraga kirish

Rasmga qarab qidirish uchun talab etiladi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga kameradan foydalanishga ruxsat bermagan bo’lsangiz, buni keyinroq ham qilishingiz mumkin:

  1. Planshet sozlamalarini oching.
  2. Maxfiylik va xavfsizlikKamera bandini tanlang.
  3. Yandex Brauzer uchun opsiyani yoqing.

Joylashuvni aniqlash

Quyidagi holatlarda ishlatiladi:

  • saytlar siz uchun muhim axborotlarni (masalan, ob-havo, tirbandlik yoki xaritani) chiqaradi;
  • Aqlli satrda haqiqiy maslahatlar chiqadi (masalan, ob-havo haqida);
  • sozlamalarda mintaqada ishlatiladigan qidiruv tizimlarining jamlanmasi chiqadi;
  • Tabloda mintaqa uchun standart sifatida belgilangan saytlar jamlanmasi chiqadi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga joylashuvingiz haqidagi maʼlumotlardan foydalanish huquqini bermagan bo’lsangizsiz, buni keyinroq ham qilishingiz mumkin:

  1. Planshet sozlamalarini oching.
  2. IlovalarYandex Brauzer bandini bosing.
  3. Ilovadan foydalanganda geojoylashuvga ruxsat bering.
Yordam xizmatiga yozish