---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-ipad/en/install/import.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-ipad/kk/install/import.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-ipad/ru/install/import.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-ipad/tr/install/import.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-ipad/uz/install/import.md
  - href: uz/install/import.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser-mobile-ipad/uz/llms.txt


# Boshqa brauzerlardan ma’lumotlarni import qilish


## Google hisobdan ma’lumotlarni import qilish

Agar Google hisobingiz bo‘lsa va Google Chrome brauzerida sinxronlash yoqilgan bo‘lsa, u yerdan parollar, bukmarklar, tarix va boshqa ma’lumotlarni nusxalashingiz mumkin. Yandex maxfiylik siyosatiga muvofiq ma’lumotlaringizni ishonchli tarzda saqlaydi. Ma’lumotlarni ko‘p marta nusxalashingiz mumkin, ular takrorlanmasdan shunchaki birlashib ketaveradi.


    
1. <!-- source: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-5-pad.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) → ![](../_assets/shestern.svg) ustiga bosing.
   <!-- endsource: uz/_includes/reusables/phrases/id-phrases/open-sett-5-pad.md -->


<!--
 -->
    
1. **Umumiy** bo‘limida **Google’dagi ma’lumotlardan nusxa olish** tugmasini bosing.

1. Nusxa olinadigan ma’lumotlarni tanlang:
    - Veb-saytlardagi parollar;
    - Avtomatik kiritish ma’lumotlari;
    - Bukmarklar;
    - Tarix. 

1. **Google hisobiga kirish va nusxalash** tugmasini bosing, avtorizatsiya sahifasi ochiladi.

1. Google’da avtorizatsiyadan o‘ting. 

    {% note info %}
    
    Nusxalash paytida qayta avtorizatsiya yoki kirishni tasdiqlash talab etilishi mumkin (Google ko‘rsatmalariga amal qiling).
    
    {% endnote %}


Shundan so‘ng ma’lumotlarni nusxalash boshlanadi.

- Nusxalash paytida:
    - nusxalash tugamaguncha Brauzerni yopmang, bu bir necha daqiqa davom etishi mumkin; 
    - bu vaqtda brauzerdan foydalanishda davom etishingiz mumkin, nusxalash fonda amalga oshiriladi;
    - bu vaqt mobaynida pastki o‘ng tomondagi ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) tugmasi ![](../_assets/settings-icon-process.png =22x) ko‘rinishda bo‘ladi.

- Agar nusxalash muvaffaqiyatli yakunlansa:
    - “Google’dagi ma’lumotlaringiz muvaffaqiyatli nusxalandi” xabarini olasiz;
    - pastki o‘ng tomondagi ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) tugmasi ![](../_assets/settings-icon-good.png =22x) ko‘rinishini oladi.

- Agar nusxalash muvaffaqiyatsiz yakunlansa:
    - “Google’dagi ma’lumotlaringiz nusxalanmadi” xabarini olasiz;
    - pastki o‘ng tomondagi ![](../_assets/settings-menu-icon.svg) tugmasi ![](../_assets/settings-icon-error.png =22x) ko‘rinishini oladi;
    - ma’lumotlarni qaytadan nusxalashga urinib ko‘rishingiz mumkin.
    
    {% note alert %}

    Google Chrome brauzeringizda ma’lumotlarni shifrlash yoqilgan bo‘lsa, undan ma’lumotlarni import qila olmaysiz.

    {% endnote %}



## Boshqa brauzerdan ma’lumotlarni sinxronlash orqali import qilish


1. Mobil qurilmada sinxronlashni yoqing:

    1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-2-3-pad.md -->
       ![](../_assets/settings-menu-icon.svg)&nbsp;→ ![](../_assets/shestern.svg)&nbsp;→ **Sinxronlashni yoqish** tugmasini bosing.
       <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-2-3-pad.md -->
    
    1. Login va parolingizni kiriting yoki ro’yxatdan hisobni tanlang.
    
        {% note info %}
    
        Agar siz Yandexda ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, siz sinxronlashni yoqolmaysiz, chunki serverdagi ma’lumotlar [Yandex IDda](https://yandex.uz/support/id/uz/authorization/registration.html) saqlanadi. Ro’yxatdan o’tish uchun **Registratsiya** tugmasini bosing va hisob parametrlarini to’ldiring.
    
        {% endnote %}
    
    1. <!-- source: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-8.md -->
       **Kirish** tugmasini bosing.
       <!-- endsource: uz/_includes/reusables/instrukcii/id-instrukcii/sync-8.md -->

    Sinxronlangan ma’lumotlar ro‘yxatiga o‘tish uchun ![](../_assets/settings-menu-icon.svg)&nbsp;→ ![](../_assets/shestern.svg)&nbsp;→ **Sinxronlash** tugmasini bosing.

1. Kompyuter uchun Yandex Brauzer [o'rnating](https://browser.yandex.uz/?lang=uz).

1. Sinxronlashni [yoqing](https://yandex.uz/support/browser/uz/device/sync.html#on) va qaysi ma’lumotlarni sinxronlash kerakligini belgilang.

1. Boshqa brauzerdan ma’lumotlarni import qiling.

    Ma’lumotlarni bevosita Yandex Brauzeringiz sozlamalarida ko‘rsatilgan brauzerlardan import qilishingiz mumkin.
    
    {% note alert %}

    Google Chrome brauzeringizda ma’lumotlarni shifrlash yoqilgan bo‘lsa, undan ma’lumotlarni import qila olmaysiz.

    {% endnote %}

    Agar brauzeringiz sozlamalarda ko‘rsatilmagan bo‘lib, lekin ma’lumotlarni HTML-faylga bukmarklar orqali saqlash imkoniyatiga ega bo‘lsa, ma’lumotlarni ushbu fayl orqali ko‘chiring. Ma’lumotlarni import qilishni boshlashdan avval, ma’lumotlaringizni HTML-faylga saqlab qo‘ying. Buni qanday amalga oshirishni brauzeringiz qo‘llanmasida ko‘rib chiqing.

    1. **![](../_assets/settings-menu-icon.svg)**&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing.

    1. **Umumiy sozlamalar** bo‘limining **Sinxronlash** blokida **Ma’lumotlarni import qilish** tugmasini bosing.

    1. Brauzerlardan birini yoki bukmarkli HTML-faylni tanlang.

    1. Qaysi ma’lumotlarni import qilish kerakligini ko‘rsating.
        - Tarix;
        - Bukmarklar;
        - Parollar;
        - Qidirish tizimlari;
        - Oxirgi ochilgan varaqlar;
        - Tizim sozlamalari.

    1. **Ko‘chirish**ni bosing.

    Nusxalash yakunlangach, ma’lum vaqtdan keyin ma’lumotlar sinxronlanadi va mobil Brauzerda paydo bo‘ladi.



<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
