Reklamani filtrlash

Mobil Yandex Brauzer avtomatik ravishda reklamalarni filtrlashni yoqadi. Bu funksiya xavotirli va bezovta qiluvchi reklamalarni bloklaydi. Bunda boshqa reklamalar koʻrsatiladi – reklamani butunlay oʻchirib qoʻyishning iloji yoʻq.

Shuningdek, oʻzining filtrlash mezonlaridan foydalanadigan reklama bloklovchi kengaytmalarni ham oʻrnatishingiz mumkin.

Qanday reklama xavotirli hisoblanadi
  • Erotik va pornografik reklamа

    Erotik, pornografik tasvirlar yoki “kattalar uchun xizmatlar” taqdim etuvchi saytlar reklamasi aks etgan bannerlar. Bunday reklama, saytning asosiy mavzusiga mos keladigan resursdan tashqari, boshqa barcha saytlarda bloklanadi.

  • Agressiv va shokka tushiruvchi reklama

    Falokatlar va zo‘ravonlik qurbonlari, qo‘rqinchli filmlar qahramonlari, qurtlar va parazitlar, kasalliklar va badbasharaliklar, zararlangan organ va yaralar, ortiqcha vaznli odamlar kabilarning tabiiy tasvirlari aks etgan bannerlar. Avratlar va tug‘ruq jarayonining yirik plandagi rasm va fotosuratlari. Mashhur odamlarning o‘limi yoki oxirzamon bashorati haqidagi xabarlarni o‘z ichiga olgan reklama.

  • Yoqimsiz va g‘ashga teguvchi reklama

    Yuqori chastota bilan miltillaydigan animatsiyalangan bannerlar. Videorolikni bosganingizda sahifaning bo‘sh joyiga yoki reklamani yopishga harakat qilayotganingizda chiqadigan reklama oynalari va varaqlari.

  • SMS-firibgarlik reklamasi

    SMS-firibgarlikka aloqador saytlarning yoki ijtimoiy tarmoqlardan xabarlarni imitatsiya qiluvchi reklama bannerlari. Lotereya yutug‘ini, saytning yubiley mehmoni sovrini, maxfiy shaxsiy ma’lumotlar bazasiga kirish yoki undan siz haqingizdagi ma’lumotlarni, bashoratlarni va boshqalarni olib tashlash imkoniyatini va’da qilgan bannerlar.

  • Shubhali bannerlar

    Kompyuterning dialog oynalari va brauzer interfeysining boshqa elementlarini qalbakilashtiruvchi bannerlar. Kompyuterga zarar yetgani haqidagi yoki dasturlarni yangilashni so‘raydigan soxta xabarlar. Yuqori daromad va’da qilib, unga erishish yo‘lini ko‘rsatmaydigan bannerlar. Davolash usuli, dorilar yoki klinikani ko‘rsatmasdan kasalliklarni davolash, yoshartirish va vazn tashlash haqidagi shubhali reklama. Mashhurlarning parhez usullarini reklama qiluvchi bannerlar, ayniqsa, ularda insonning qadr-qimmatini qoralovchi tasvir mavjud bo‘lsa.

Qanday reklama bezovta qiluvchi sanaladi

Sozlamalarda faolsizlantirishingiz uchun brauzer xalal beradigan reklama formatlarini filtrlaydi.

  • Sahifa yuklanishi bilanoq chiqadigan butun ekranli banner. Ortga hisoblashdan keyin uni yopishingiz mumkin yoki u avtomatik ravishda yo‘q bo‘ladi.
  • Saytga kirilgandan keyin biroz vaqt o‘tib chiqadigan butun ekranli banner. Siz uni darhol yoki ortga hisoblashdan keyin yopishingiz mumkin.
  • Avtomatik yoqiladigan ovozli reklama videoroligi.

Reklamani filtrlashni yoqish

  1. МенюSozlamalar tugmasini bosing.

  2. Kontentni bloklash bo‘limida Reklamani bloklash ustiga bosing.

  3. Kerakli xususiyatlarni yoqing:

    • Xavotirli reklamalarni bloklash
    • Bezovta qiluvchi reklamani bloklash

Reklama ustidan shikoyat qilish

  1. Reklamaning yuqori oʻng burchagida Shikoyat qilish tugmasini bosing.

  2. Sababni tanlang.

Reklama haqida xabar Yandex’ga jo‘natiladi. Agar bunday shikoyatlar ko‘p bo‘lsa, Yandex barcha foydalanuvchilar uchun reklama manbasini bloklashi mumkin.

Batafsil ma’lumot oling

Yordam xizmatiga yozish