---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/en/privacy/cookies.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/kk/privacy/cookies.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/ru/privacy/cookies.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/tr/privacy/cookies.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/uz/privacy/cookies.md
  - href: uz/privacy/cookies.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/uz/llms.txt


# Cookie-fayllar

## Cookie-fayl nima {#what}


{% note alert %}

Standart bo‘yicha mobil Yandex Brauzerda cookie-fayllarni saqlashga ruxsat etiladi.

{% endnote %}


_Cookie_ (kuki) — veb-server tomonidan yuboriladigan va sizning qurilmangizda saqlanadigan kichik ma’lumot. Cookie-faylda siz haqingizda ma’lumot saqlanadi. Masalan, login va parol, joylashuv, til sozlamalari, internet-do‘kon qutisidagi tovarlar ma’lumotlari.

#### Nega cookie-fayllar foydali
 
* Avtorizatsiya talab etilgan saytda siz har safar login va parolni kiritishingiz talab etilmaydi.

* Agar buyurtma bersangiz va internet-do‘kondan chiqib ketib, keyin qaytib kelsangiz — tovarlar qutida saqlanadi.

* Agar ob-havo ma’lumotlari saytiga birinchi kirganda shaharni ko‘rsatgan bo‘lsangiz — sayt qaytib sizdan buni so‘ramaydi.
    
Veb-analitika vositalarida (masalan, [Yandex Metrika](https://yandex.ru/support/metrica/index.html)) cookie-fayllardan foydalanuvchining Internetdagi xatti-harakatlarini kuzatish uchun foydalaniladi.

#### Nimaga Cookie-fayllar maxfiylik uchun xavf tug‘diradi
 
* Agar qurilmangizdan begona odam foydalansa, cookie-fayllarda esa login va parollar saqlanadi, u sizning hisoblaringizga kirishi mumkin.

* Agar yovuz niyatli shaxs cookie-fayllarni qo‘lga kiritsa, u sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Ulardan asabga tegadigan reklama ko‘rsatishda foydalanish mumkin.


## Cookie-fayllarni o‘chirish {#delete}


{% note alert %}

Agar barcha cookie-fayllar o‘chirilsa, siz avtomatik ravishda ko‘p saytlardagi hisobingizdan chiqib ketasiz.

{% endnote %}


Maxfiylikni himoya qilish yoki planshet xotirasida bo‘sh joy yaratish uchun barcha cookie-fayllarni o‘chirishingiz mumkin.


<!-- source: uz/_includes/cookies-include.md -->
1. <!-- source: uz/_includes/phrases.md -->
   ![](../_assets/settings-menu-icon.svg)&nbsp;→ **Sozlamalar** tugmasini bosing. {#click-sett}
   <!-- endsource: uz/_includes/phrases.md -->
    
    

1. **Maxfiylik** rukniga kiring.

1. <!-- source: uz/_includes/phrases.md -->
   **Ma’lumotlarni tozalash** tugmasini bosing. {#click-clear-data}
   <!-- endsource: uz/_includes/phrases.md -->

1. **Veb-sahifa ma’lumotlarini** belgilang.


1. Qolgan barcha bandlardan belgilarni olib tashlang (agar faqat cookie-fayllarni o‘chirishni istasangiz).

1. <!-- source: uz/_includes/phrases.md -->
   **Ma’lumotlarni tozalash** tugmasini bosing. {#click-clear-data}
   <!-- endsource: uz/_includes/phrases.md -->
    

1. Ma’lumotlarning o‘chirilishini tasdiqlang.
<!-- endsource: uz/_includes/cookies-include.md -->


<!-- {% include [form](../_includes/reusables/forms-and-buttons/id-form/form.md) %} -->

<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->



