---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/en/navigation/tab-groups.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/kk/navigation/tab-groups.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/ru/navigation/tab-groups.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/tr/navigation/tab-groups.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/uz/navigation/tab-groups.md
  - href: uz/navigation/tab-groups.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/uz/llms.txt

# Varaqlar guruhlari

## Varaqlar guruhlari nimaga kerak {#whatisit}

Varaq guruhlari bilan brauzerda tartib o’rnatishingiz mumkin. Yangi guruhlar yaratishingiz, ularga varaqlarni taqsimlashingiz, agar sinxronlash yoqilgan bo’lsa, turli qurilmalaringizda bulutdagi varaqlar guruhlarini ochishingiz va varaqlarni guruhlar o’rtasida ko’chirishingiz mumkin — bularning barchasi ochiq varaqlar bilan ishlashni yanada qulaylashtirish uchun.



Guruhlar panelidagi Aqlli satr ustida biriktirilgan guruhlar ko’rsatiladi. Hozir siz turgan guruh rang bilan ajratib ko’rsatiladi: 
- ![](../_assets/open-tabs.png =22x) (agar 7 ta varaq ochiq bo’lsa) — planshetda oyna varaqlari ochiq bo’lganda. Bu yerda hech qaysi guruhga kiritilmagan varaqlar bo’ladi.
- **Guruh nomi** — planshetingizda boshqa varaqlar guruhi [yaratilganida](#create).


## Varaqlar guruhini yaratish {#create}



1. Aqlli satr ustidagi ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) belgisini bosing.
1. Ochilgan oynaning pastki qismida **Varaqlar guruhini yaratish** bandini tanlang.
1. Yangi varaqlar guruhi nomini kiriting.
1. Guruhdan sinxronlash yoqilgan va Yandex Brauzer o’rnatilgan barcha qurilmalaringizda foydalanish uchun **Bulutli qilish** funksiyasini faol qoldiring.
    
    {% note info %}
    
    Standart holatda guruh bulutda yaratiladi. Agar guruh faqat shu qurilmada ishlatilishini istasangiz, **Bulut guruhi** bandini faolsizlantiring.    

    {% endnote %}
    
1. Guruh har doim ko’rinib turishi uchun **Panelga biriktirish** funksiyasini yoqing.
1. **Yaratish** tugmasini bosing.
   Boshqa guruhga o’tmaguningizcha barcha veb-saytlar shu guruhda ochiladi.

Agar barcha guruhlaringiz bulutli bo’lishini xohlamasangiz: ![](../_assets/settings-menu-icon.svg)&nbsp;→ ![](../_assets/shestern.svg)&nbsp;→ **Interfeys**&nbsp;→ **Varaqlar va guruhlar**&nbsp;→ **Yangi guruhlarni bulutli qilib yaratish** funksiyasini o’chiring. Alohida guruh yaratsangiz, uning sinxronlanishini istalgan vaqt faollashtirishingiz mumkin.
    

## Boshqa varaqlar guruhiga o’tish {#switch}



1. Aqlli satr ustidagi ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) belgisini bosing.
    
    Barcha mavjud guruh va varaqlar ro’yxati ochiladi:
    - ro’yxatning yuqori qismida — boshqa qurilmalaringiz oyna va varaqlari;
    - ajratgich ostida — varaqlar guruhi:
       - ![](../_assets/sync-groupoftabs.png =22x) — sinxronlashgan qurilmalaringizdan olingan bulutli maʼlumotlar;
       - ![](../_assets/not-sync-groupsoftabs.png =22x) — shu qurilmadagi lokal maʼlumotlar. Ularni bulutli qilish uchun ![](../_assets/not-sync-groupsoftabs.png =22x) ustiga bosing.
    
	
	
	![](../_assets/groupoftabs-android-tablet.png =600x1000)
	

1. Kerakli guruhni yoki **Samsung** (agar qurilmangiz Samsung bo’lsa)  ustiga bosing.


## Varaq guruhlari bilan ishlash {#actions}

{% cut "**Guruhni bulutli qilish yoki bulutdan olib tashlash**" %}

#### Asosiy usul
 
:   1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x)  bosing.
    1. Guruhning o’ng tomonidagi quyidagi belgilardan birini bosing:
         - ![](../_assets/not-sync-groupsoftabs.png =22x) — guruhni bulutli qilish uchun. Undan Yandex Brauzer o’rnatilgan va sinxronlash yoqilgan istalgan qurilmada foydalanish mumkin bo’ladi.
         - ![](../_assets/sync-groupoftabs.png =22x) — guruhni bulutdan olib tashlash uchun. U faqat ushbu qurilmada qoladi va boshqa hammasidan o’chirib tashlanadi.
        
    1. Tanlovingizni tasdiqlang.


{% cut "**Qo’shimcha usul**" %}


1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) bosing.
1.  sinxronlangan varaqlar guruhlari ro’yxati ustida ochilgan oynada **O’zgartirish** tugmasini bosing.
1. Guruhning o’ng tomonida ![](../_assets/promo-settings-icon.svg)&nbsp;→ **Guruhni bulutli qilish/Bulutdan olib tashlash** tugmasini bosing.
1. Tanlovingizni tasdiqlang.


{% endcut %}

{% endcut %}

{% cut "**Tahrirlash**" %}


{% note info %}

**Samsung**ni (agar qurilmangiz Samsung bo’lsa) qayta nomlash mumkin emas.

{% endnote %}



#### Asosiy usul
 
:   1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) bosing.
    1. Kerakli guruh ustiga bosib, kontekst menyu paydo bo’lguncha ushlab turing.
    1. **Tahrirlash** bandini tanlang.
    1. Guruh nomini o’zgartiring.
    1. **Saqlash** ustiga bosing.


{% cut "**Qo’shimcha usul**" %}


1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) bosing.
1.  sinxronlangan varaqlar guruhlari ro’yxati ustida ochilgan oynada **O’zgartirish** tugmasini bosing.
1. Guruhning o’ng tomonidagi ![](../_assets/promo-settings-icon.svg)&nbsp;→ **Tahrirlash** tugmasini bosing.
1. Guruh nomini o’zgartiring.
1. **Saqlash** ustiga bosing.

{% endcut %}

{% endcut %}

{% cut "**Bitta varaqni ko’chirish**" %}



1. Ko’chiriladigan varaqni oching.
1. Aqlli satrning o’ng tomonidagi ![](../_assets/promo-settings-icon.svg)&nbsp;→ **Guruhga o’tkazish** ustiga bosing.
1. Varaqni ko’chirmoqchi bo’lgan varaqlar guruhini tanlang.
1. **Ko‘chirish**ni bosing.


{% endcut %}

{% cut "**Varaqlarni... ga ko’chirish**" %}


#### Asosiy usul
 
:   1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) bosing.
    1. Kerakli guruh ustiga bosib, kontekst menyu paydo bo’lguncha ushlab turing.
    1. **Varaqlarni... ga ko’chirish** bandini tanlang
    1. Varaqlarni ko’chirmoqchi bo’lgan varaqlar guruhini tanlang.
    1. **Ko‘chirish**ni bosing.


{% cut "**Qo’shimcha usul**" %}

1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) bosing.
1.  sinxronlangan varaqlar guruhlari ro’yxati ustida ochilgan oynada **O’zgartirish** tugmasini bosing.
1. Ko’chirmoqchi bo’lgan guruhning o’ng tomonidagi ![](../_assets/promo-settings-icon.svg)&nbsp;→ **Varaqlarni... ga ko’chirish** ustiga bosing
1. Varaqlarni ko’chirmoqchi bo’lgan varaqlar guruhini tanlang.
1. **Ko‘chirish**ni bosing.

{% endcut %}

{% endcut %}

{% cut "**Guruh varaqlarini yopish**" %}

{% note info %}

Guruhda varaqlar bo’lmaganida, bu amal bajarilmaydi.

{% endnote %}


#### Asosiy usul
 
:   1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) bosing.
    1. Kerakli guruh ustiga bosib, kontekst menyu paydo bo’lguncha ushlab turing.
    1. **Guruh varaqlarini yopish** bandini tanlang. Guruh varaqlari yopiladi, varaqlar guruhi qoladi.


{% cut "**Qo’shimcha usul**" %}


1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) bosing.
1.  sinxronlangan varaqlar guruhlari ro’yxati ustida ochilgan oynada **O’zgartirish** tugmasini bosing.
1. Guruhning o’ng tomonidagi ![](../_assets/promo-settings-icon.svg)&nbsp;→ **Guruh varaqlarini yopish**&nbsp;→ **Guruh varaqlarini yopish** tugmasini bosing. Guruh varaqlari yopiladi, varaqlar guruhi qoladi.

{% endcut %}

{% endcut %}

{% cut "**Guruhni o’chirish**" %}


{% note info %}

**Samsung**ni (agar qurilmangiz Samsung bo’lsa) o’chirib bo’lmaydi.

{% endnote %}


#### Asosiy usul
 
:   1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) bosing.
    1. Kerakli guruh ustiga bosib, kontekst menyu paydo bo’lguncha ushlab turing.
    1. **Guruhni o’chirish** bandini tanlang va o’chirishni tasdiqlang.


{% cut "**Qo’shimcha usul**" %}


1. Aqlli satr ustida ![](../_assets/groupoftabs-beta-menu-icon.png =22x) bosing.
1.  sinxronlangan varaqlar guruhlari ro’yxati ustida ochilgan oynada **O’zgartirish** tugmasini bosing.
1. O’chirmoqchi bo’lgan guruhning o’ng tomonidagi ![](../_assets/promo-settings-icon.svg)&nbsp;→ **Guruhni o’chirish** tugmasini bosing va o’chirishni tasdiqlang.

{% endcut %}

{% endcut %}



<!-- {% include [form](../_includes/reusables/forms-and-buttons/id-form/form.md) %} -->

<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->


