---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/en/navigation/search.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/kk/navigation/search.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/ru/navigation/search.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/tr/navigation/search.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/uz/navigation/search.md
  - href: uz/navigation/search.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/uz/llms.txt


# Qidirish imkoniyatlari

Savollarni hal qilishda [Aqlli qator](#smartbox), [ovozli qidiruv](#voice-search) va [sahifadan](#site) qidirish yordamida vaqtingizni tejang. Mobil Yandex Brauzerida maʼlumotni [rasmlar asosida](#image) ham qidirishingiz mumkin.


{% note info %}

Qidirish natijalarida keraksiz kontent chiqmasligi uchun oilaviy qidiruv rejimini yoqing. Bu haqda batafsil axborot [Bolalar uchun qidirishni cheklash](https://yandex.uz/support/search/uz/additional-features/adult-filter.html) bo’limi, [Yandex qidirish tizimi haqidagi savol-javoblar](https://yandex.uz/support/search/uz/index.html) hujjatida keltirilgan.

{% endnote %}


## Aqlli satr {#smartbox}

_Aqlli satr_ — bu Brauzerning sayt manzil va qidiruv axboroti uchun asosiy element. Aqlli satr brauzerning yuqori qismida joylashgan.


Saytni ochganingizda Aqlli satr ekranda joy egallamasligi uchun yo’qolishi mumkin. Agar uni qaytarmoqchi bo’lsangiz, Brauzerning quyi chegarasiga bosing.



{% note info %}

Aqlli satrni Android bildirishnomalar paneliga ham kiritishingiz mumkin. Buning uchun **Sozlamalarda** **Bildirishnomalar** bo’limida **Bildirishnomalar panelida Zenni ko’rsatish** parametrini yoqing.

Panelni ochish uchun  aksariyat qurilmalarda ekranning yuqori chetini pastga surish lozim.

{% endnote %}



**So’rov yaratish yoki saytga kirish**
:  

  1. Aqlli satrda so’rov, manzil yoki sayt nomini kiriting.

  1. Virtual klaviaturada matn kiritish tugmasini bosing.

  Brauzer sizga kerakli narsani — sayt yoki qidiruv sahifasini o’zi aniqlaydi va natijani chiqaradi.


**Aqlli satrdagi belgilar**
:  

   ![](../_assets/close-icon.svg) — Aqlli satrni tozalash;

   ![](../_assets/page-update.svg) — ochilgan sahifani yangilash;

   ![](../_assets/yandex-icon.svg) — [Yandex](https://yandex.uz/)ga o’tish;
   



**Maʼlumotlarni kiritishdagi ishoralar**
:  ![](../_assets/suggestion.png =50x) — qidiruv so’rovining ko’p uchraydigan variantlari (uni Aqlli qatorga joylashtirish uchun kerakli variantni bosing);

   ![](../_assets/search.svg) — qidiruv so’rovining variantlari (uni Aqlli satrga joylashtirish uchun kerakli variantni bosing);

   ![](../_assets/recent-site-icon.svg) — siz allaqachon [kirgan](https://yandex.com/support/browser-mobile-android-tablet/uz/navigation/browsing-history.md) saytlar;
   

   ![](../_assets/popular-site.svg) — mashhur saytlar.


## Sayt sahifasi bo‘ylab qidirish {#site}

1. ![](../_assets/promo-settings-icon.svg =22x) → **Sahifada qidirish** tugmasini bosing.

1. Qidirish uchun so‘z yoki jumlani kiriting.

Brauzer sahifadagi barcha kerakli so’zlarni ko’rsatadi. Ular o‘rtasida almashish uchun ![](../_assets/next-page.svg) va ![](../_assets/previous-page.svg) belgilaridan foydalaning. Qidiruvni yopish uchun chapdagi ![](../_assets/close-icon.svg) belgisini bosing.



## Matn asosida qidirish {#text}

Sizni qiziqtirgan savol haqida qo’shimcha axborot olish uchun:

1. Kerakli so’z yoki iborani tanlang:
    - so’zni tanlash uchun uni bosing va ushlab turing;

    - bir necha so’zni tanlash uchun birinchi so’zni bosing va keyin chiqqan slayderni o’ngga suring.

1. Aqlli satr ustidagi panelda **Yandexda topish** ustiga bosing.

Natija Yandex qidiruv tizimida ochiladi.



## Rasmlar asosida qidirish {#image}

Brauzerda siznikiga o’xshash rasmlarni qidirishingiz yoki obyektni suratga olishingiz va u nima ekanini so’rashingiz mumkin. Qidiruv uchun [Yandex kompyuter ko’rish algoritmlari](https://yandex.ru/blog/company/90100) ishlatiladi. Qidiruv natijalarida rasmingizning aniq va biroz farqli nusxalari aks etadi. Masalan, bir xil zotli mushukchalarning suratlari.

Quyidagi kabi rasmlarni topish uchun:


{% list tabs %}

- Internetdan rasm


  1. Sayt sahifasida tanlangan rasmni bosing va ushlab turing.

  1. Kontekst menyusida **Rasm asosida qidirish** tugmasini bosing.

  Qidiruv natijasi [Yandex Rasmlar](https://yandex.uz/support/images/uz/) sahifasida ochiladi.

- Yuklangan rasm


  1.  [Aqlli satr](#smartbox)da ![](../_assets/smart-camera.svg) tugmasini bosing.

  1. **Qidiruv** rejimini tanlang.

  1. Planshet kamerasiga suratga oling yoki suratlar galereyasidan rasm tanlang (pastki o’ng burchakda oxirgi suratning kichik nusxasi tushirilgan dumaloq belgini bosing).

  

{% endlist %}






<!-- {% include [form](../_includes/reusables/forms-and-buttons/id-form/form.md) %} -->

<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
