Protect: parolni himoya qilish
Parollar menejerlari veb-saytlar parollarini eslab qolish yoki yozib olish ehtiyojidan xalos qiladi. Parollar shifrlangan holda saqlanadi va veb-saytlardagi shakllarga avtomatik tarzda qo’yiladi. Mobil Yandex Brauzerning shaxsiy parollar menejeri quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- 
login va parollarni boshqarish: ularni ko’rish, o’zgartirish va o’chirish; 
- 
barcha sinxronlangan qurilmalarda yagona parollar omboridan foydalanish; 
- 
xotira himoyasini faqat siz biladigan asosiy parol bilan kuchaytirish; 
- 
agar asosiy parolni unutib qo’ysangiz, parollarni tiklash imkoniyati (buning uchun asosiy parolni yaratish paytida Brauzer zaxira shifrlash kaliti yaratishni taklif etadi); 
- 
fishingdan himoyalanish (Brauzer soxta veb-saytni aniqlab, login va parolingizni avtorizatsiya shakliga kiritmaydi, chunki u veb-saytning tashqi ko’rinishiga emas, balki manziliga eʼtibor qaratadi). 
Parollar menejeri funksiyasi haqida batafsil:
Ilovalarda parollarni kiritish