---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.50.2
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-phone/en/install/permissions.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-phone/kk/install/permissions.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-phone/ru/install/permissions.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-phone/tr/install/permissions.md
  - https://yandex.com/support/browser-mobile-android-phone/uz/install/permissions.md
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser-mobile-android-phone/uz/llms.txt


# Ruxsatlar

Mobil Yandex Brauzerning to‘g’ri ishlashi uchun ruxsatlar berilishi zarur. Ularning bir qismi o’rnatish paytida, boshqa qismi esa funksiya ishga tushirilganda so’raladi.


## Bildirishnomalarga kirishga ruxsat berish {#notifications}

[Yandex xizmatlaridan](https://yandex.com/support/browser-mobile-android-phone/uz/personal-settings/notifications.md#yandex) eslatmalar yuborish uchun talab qilinadi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga bildirishnomalarga kirish huquqini berishdan bosh tortgan bo’lsangiz, buni keyinroq qilishingiz mumkin:



{% note info %}

Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari Android interfeysini o’zgartirishi mumkin. Quyida o’zgartirilmagan Android uchun ko’rsatmalar keltirilgan.

{% endnote %}


1. Smartfon sozlamalarini oching.
1. **Bildirishnomalar**&nbsp;→ **Ilovalar sozlamalari** ustiga bosing.
1. **Brauzer** uchun funksiyasini yoqing.




## Kameraga kirish {#camera}

Rasmga qarab qidirish uchun talab etiladi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga kameradan foydalanishga ruxsat bermagan bo’lsangiz, buni keyinroq ham qilishingiz mumkin:


{% note info %}

Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari Android interfeysini o’zgartirishi mumkin. Quyida o’zgartirilmagan Android uchun ko’rsatmalar keltirilgan.

{% endnote %}

1. Smartfon sozlamalarini oching.
1. **Ilovalar va bildirishnomalar**&nbsp;→ **Ilovalarga berilgan ruxsatlar**&nbsp;→ **Barcha ilovalarni ko’rsatish** ustiga bosing.
1. Ilovalar ro’yxatida Yandex Brauzerni tanlang.
1. **Ruxsatlar** bandiga bosing.
1. **Kamera** parametrini yoqing.



## Joylashuvni aniqlash {#geo}

Quyidagi holatlarda ishlatiladi:

- saytlar siz uchun muhim axborotlarni (masalan, ob-havo, tirbandlik yoki xaritani) chiqaradi;
- [Aqlli satrda](https://yandex.com/support/browser-mobile-android-phone/uz/navigation/search.md#smartbox) haqiqiy maslahatlar chiqadi (masalan, ob-havo haqida);
- sozlamalarda mintaqada ishlatiladigan qidiruv tizimlarining jamlanmasi chiqadi;
- [Tabloda](https://yandex.com/support/browser-mobile-android-phone/uz/personal-settings/tableau.md) mintaqa uchun standart sifatida belgilangan saytlar jamlanmasi chiqadi.

Agar o’rnatish paytida Brauzerga joylashuvingiz haqidagi maʼlumotlardan foydalanish huquqini bermagan bo’lsangizsiz, buni keyinroq ham qilishingiz mumkin:


{% note info %}

Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari Android interfeysini o’zgartirishi mumkin. Quyida o’zgartirilmagan Android uchun ko’rsatmalar keltirilgan.

{% endnote %}

1. Smartfon sozlamalarini oching.
1. **Ilovalar va bildirishnomalar**&nbsp;→ **Ilovalarga berilgan ruxsatlar**&nbsp;→ **Barcha ilovalarni ko’rsatish** ustiga bosing.
1. Ilovalar ro’yxatida **Yandex Brauzerni** tanlang.
1. **Ruxsatlar** bandiga bosing.
1. **Joylashuv** parametrini yoqing.




## Fayllarga kirish {#file}



{% note info %}

Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari Android interfeysini o’zgartirishi mumkin. Quyida o’zgartirilmagan Android uchun ko’rsatmalar keltirilgan.

{% endnote %}


1. Smartfon sozlamalarini oching.
1. **Ilovalar va bildirishnomalar**&nbsp;→ **Ilovalarga berilgan ruxsatlar**&nbsp;→ **Barcha ilovalarni ko’rsatish** ustiga bosing.
1. Ilovalar ro’yxatida **Yandex Brauzerni** tanlang.
1. **Ruxsatlar** bandiga bosing.
1. **Xotira** funksiyasini yoqing.


<!-- {% include [form](../_includes/reusables/forms-and-buttons/id-form/form.md) %} -->

<!-- source: uz/_includes/black-button-feedback.md -->
<a href="uz/feedback/feedback">
    <span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>




<!-- endsource: uz/_includes/black-button-feedback.md -->

