Maʼlumotlarni saqlash

Cheklov

Sinxronlash turli brauzerlar orasida ishlamaydi, masalan, Yandex Brauzer va Google Chrome orasida.

Ma’lumotlarni saqlang, shunda ulardan barcha qurilmalaringizda foydalanishingiz mumkin.

Nima uchun ma’lumotlarni saqlash kerak?

Ma’lumotlar birlamchi holatda Yandex IDga ulangan hisobingzda avtomatik saqlanadi va Yandex Brauzer o‘rnatilgan barcha qurilmalaringizda (smartfon, planshet, kompyuterda) mavjud bo‘ladi.

Parollar va kartalar, xatcho‘plar, shaxsiy ma’lumotlar, ochiq varaqlar va varaqlar guruhlari, Brauzer tarixi, Tab, kengaytmalar hamda sozlamalar saqlanadi.

Ma’lumotlarni saqlash va almashish sizga quyidagilarga imkon beradi:

  • barcha qurilmalaringizda parollar menejeridan foydalanish (parollarni avtomatik qo‘yish, parollarni shifrlangan omborda saqlash, saytga kirish imkoniyatini tiklash, asosiy parolni esdan chiqargan bo‘lsangiz);

  • qurilmalarda varaqlar guruhi, tarix va xatchoʻplarni koʻrish;

  • qurilmangiz yo‘qolsa yoki buzilsa ham, parollarni, xatcho‘plarni, varaqlarni va Brauzer sozlamalarini tiklash.

Istalgan vaqtda saqlanadigan ma’lumotlar ro‘yxatini o‘zgartirishingiz mumkin.

Ma’lumotlar qanchalik tez-tez saqlanadi?

Ma’lumotlar ularni har safar o‘zgartirganingizda saqlanadi. Masalan: qurilmada xatcho‘p qo‘shsangiz – Brauzer uni serverga yuboradi va bir vaqtning o‘zida boshqa qurilmalarda (oxirgi saqlash vaqtidan boshlab) kiritilgan barcha o‘zgarishlarni yuklab oladi.

Bu xavfsizmi?

Ha, ma’lumotlaringiz himoyalangan. Ma’lumotlarni vaqtincha saqlash uchun Yandex serveri ishlatiladi, u yerga ma’lumotlar himoyalangan kanal orqali, parollar esa ‒ shifrlangan shaklda uzatiladi. Serverdagi ma’lumotlar avtorizatsiya tizimi bilan himoyalangan.

Ma’lumotlarni saqlashni qanday yoqish mumkin?

Ma’lumotlar quyidagi holatlarda hisobingizda avtomatik ravishda saqlanadi:

  • Barcha qurilmalarda (smartfon, planshet, kompyuter) Yandex Brauzer o‘rnatilgan;

  • Barcha qurilmalarda Yandex IDga ulangan bir xil hisobdan foydalaniladi.

Bu muhim

Varaqlar guruhlarini almashish uchun guruhlar menyusini oching va qaysi guruhlarni bulutda saqlashni tanlang.

Saqlash va almashish uchun ma’lumotlar ro‘yxatini o‘zgartirish

  1. Pastki oʻng burchakdagi → profil portreti belgisini bosing.

  2. Hisobda maʼlumotlarni saqlash ruknida qurilmalaringiz orasida faqat kerakli maʼlumotlar uzatiladigan opsiyalarni yoqing:

    • Agar sozlama yoqilgan bo‘lsa, ma’lumotlar barcha qurilmalaringizda mavjud bo‘ladi.
    • Agar sozlama o‘chirilgan bo‘lsa, ma’lumotlar faqat ushbu qurilmada saqlanadi.

Sharh

Kesh ma’lumotlari qurilmalaringiz o‘rtasida uzatilmaydi.
Bank kartalari ma’lumotlarini saqlash master-parol yoqilgan bo‘lsa mavjud bo‘ladi.

Saqlangan ma’lumotlarni o‘chirish

Diqqat

Serverdan o‘chirib tashlangandan so‘ng, ma’lumotlarni qayta tiklab bo‘lmaydi.

Ushbu qurilmadan ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin:

  1. Pastki oʻng burchakdagi → profil portreti belgisini bosing.

  2. Profilni boshqarish ruknida Profilni oʻchirish bandini tanlang.

  3. Ochilgan oynada profil va unga aloqador ma’lumotlar o‘chirib tashlanishini tasdiqlang.

Sharh

Profil o‘chirib tashlangach, ma’lumotlar Yandex bazasida saqlanadi va agar ushu hisob bilan yana profil qo‘shsangiz, ulardan istalgan qurilmada foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.

Yandex'dan ma’lumotlarni qanday o‘chirish mumkin:

  1. Pastki oʻng burchakdagi → profil portreti belgisini bosing.

  2. Profilni boshqarish boʻlimida Yandex hisobini oʻchirish bandini tanlang.

  3. Ochilgan oynada profil va unga aloqador ma’lumotlar o‘chirib tashlanishini tasdiqlang.

Sharh

O‘chirib tashlanganidan keyin ma’lumotlar Yandex bazasida saqlanmaydi va faqat hisobingizga ulangan qurilmalarda qoladi.

Yordam xizmatiga yozish
Avvalgisi