cookies va saytlarning boshqa vaqtinchalik maʼlumotlari oʻchirib tashlandi.
Brauzer sozlamalarini tiklash uchun:
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
Sozlamalarni tozalash ustiga bosing.
Sozlamalarni tiklashni tasdiqlang.
Saytlarda hisobdan avtomatik chiqib ketishni qanday oldini olish mumkin?
“Brauzerni yopganda ma’lumotlarni o‘chirish” opsiyasini o‘chirib qo‘ying
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
Maxfiylik bo‘limida Brauzerni yopganda ma’lumotlarni o‘chirish opsiyasini o‘chirib qo‘ying.
Tizimni tozalash dasturlarini o‘chiring
Agar qurilmangizda tizimni tozalash dasturlari (masalan, CCleaner) o‘rnatilgan bo‘lsa, ular Brauzer fayllarini o‘chirib tashlamasligini tekshiring. Bu dasturlarni vaqtincha o‘chiring yoki ular Brauzer ma’lumotlarini o‘chirmaydigan qilib sozlang.
Dasturlarni o‘chiring
Saytlardagi avtorizatsiya ma’lumotlarini antitrekking va cookie-fayllarni avtomatik tozalash funksiyalariga ega alohida dasturlar yoki antiviruslar tozalashi mumkin: masalan, AdGuard, Adblock, Self-Destructing Cookies, Kaspersky yoki 360 Total Security antiviruslari. Agar qurilmangizda shu kabi dasturlar o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning sozlamalarida antitrekking va avtomatik tozalash funksiyalarini o‘chiring.
Kengaytmalarni o‘chiring
Ayrim kengaytmalar avtorizatsiya ma’lumotlarini o‘chirishi mumkin. O‘rnatilgan kengaytmalarni tekshirish uchun:
→ Kengaytmalar tugmasini bosib, barcha kengaytmalarni faolsizlantiring.
Brauzerni qayta ishga tushiring: uni Ctrl + Shift + Q (Windows va Linux tizimida) yoki ⌘ + Q (MacOS tizimida) tugmalar kombinatsiyasi bilan yoping, keyin qayta oching.
Brauzerda sahifaning oldinroq saqlangan nusxasi yuklanmasligi uchun keshni tozalang.
Muammo yo‘qolsa, qayta ko‘rib chiqish usuli yordamida uni keltirib chiqargan kengaytmani toping. Har safar Brauzerni qayta ishga tushiring.
Bu kengaytmani faolsizlantiring. Shuningdek, kengaytma dasturchilariga muammo haqida xabar berishingiz mumkin.
Brauzer qanday mahkamlanadi?
Vazifalar panelida
Start menyusining boshlang‘ich ekranida
Ishga tushirish menyusidan yoki ish stolidan
Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan Brauzer yorlig‘ini bosing (ish stoli yoki Ishga tushirish menyusida).
Vazifalar paneliga qadash bandini tanlang.
Agar vazifalar panelidan Brauzer yorligʻini olib tashlashni istasangiz, Vazifalar panelidan ajratish bandini tanlang.
Vazifalar panelidan
Brauzerni oching.
Vazifalar panelidagi Brauzer belgisini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
Vazifalar paneliga qadash bandini tanlang.
Agar vazifalar panelidan Brauzer yorligʻini olib tashlashni istasangiz, Vazifalar panelidan ajratish bandini tanlang.
Brauzer yorlig‘ini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
Birlamchi ekranga qadash bandini tanlang.
Birlamchi ekrandan olib tashlash bandi yordamida amalni bekor qilishingiz mumkin.
Fon rejimi nimaga kerak?
Diqqat
MacOS tizimida fon rejimi ishlamaydi.
Fon rejimida Brauzer funksiyalaridan bir qismi u yopilgandan keyin ham ishlaydi va kompyuter yoqilganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Yopiq holatdagi Brauzer belgisi Windows xabarnomalari panelida koʻrinadi.
Fon rejimidagi Brauzer ishining afzalliklari:
antivirus bazalari tez-tez yangilanadi;
ishga tushirilganda Brauzer tezroq ochiladi (bu koʻp varaqlar ochilganda muhim);
fon kengaytmalari (proksi kengaytmalari kabi) ishlaydi.
Sharh
Fon rejimida ishlayotganda Brauzer foydalanuvchining harakatlarini kuzatmaydi. Lekin kompyuter resurslarini kam sarflaydi.
Fon rejimini sozlash
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
Fon rejimi boʻlimida fon rejimini sozlash uchun ikkita variant mavjud:
Включена опцияBrauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish;
Включена опцияBrauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish.
U yoki bu parametrning yoqilishiga qarab, Brauzer fon rejimida turlicha ishlaydi.
Fon rejimi variantlari
Fon rejimi parametrlari
Brauzer xatti-harakati
1
Включена опцияBrauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Включена опцияBrauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
Fon rejimida push-bildirishnomalar, fon kengaytmalari va yangilanishlar ishlaydi, Brauzer tezroq ishga tushadi va treyda uning belgisi aks etadi.
2
Отключена опцияBrauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Включена опцияBrauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
3
Включена опцияBrauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Отключена опцияBrauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
Fon rejimi minimal resurs sarflaydi va faqat Brauzerni ishga tushirishni tezlashtirish uchun ishlatiladi.
4
Отключена опцияBrauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Отключена опцияBrauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
Brauzer fonda ishlamayapti.
Brauzer ishlashi uchun optimal rejim — ikkala yoqilgan parametr.
Interfeys
Yandex Brauzer boshlangʻich sahifasi
Birlamchi (bosh) sahifa oʻrniga, Yandex Brauzer beta versiyasi ishga tushganida yoki eng koʻp kirilgan sahifalardan iborat Тablо yoki oldin ochilgan varaqlar va guruhlarni aks ettiradi. Odatda varaqlar va guruhlar ochiladi.
Tabloni ochish
→ Sozlamalar → Interfeys bandini bosing.
Varaqlar va guruhlar ruknida Ishga tushganda oyna varaqlari va biriktirilgan guruhlar ro‘yxatini tiklash bandini yoqing.
Eski varaqlar bilan birga yangisini ochish
→ Sozlamalar → Interfeys bandini bosing.
Varaqlar va guruhlar boʻlimida Yana yangi varaq ochish parametrini yoqing.
Yandexni asosiy sahifa etib belgilash
→ Sozlamalar → Interfeys bandini bosing.
Quyidagi parametrlarni yoqing:
Ishga tushirilganda oyna varaqlari va biriktirilgan guruhlar roʻyxatini tiklash
Agar varaqlar boʻlmasa, ya.ru sahifasini ochish
Tezkor kirish uchun varaqni ekranning yuqori chap burchagiga qadashingiz mumkin:
Linux standart oynalar ko‘rinishini qanday qaytarish mumkin?
Standart holatda Brauzer Linux platformasida tizim hoshiyasidan foydalanmaydi va boshqaruv elementlarini almashtiradi. Agar standart oyna shaklini va Linux elementlar boshqaruvini qaytarishni istasangiz:
Aqlli qatorga browser://flags manzilini kiriting.
Qidiruv qatoriga #enable-system-frame bayrogʻini kiriting.
System window controls parametrini yoqing.
Brauzerni qayta ishga tushiring. → Brauzerni yopish tugmasini yoki Ctrl + Shift + Q (Windows) tugmalar birikmasini bosing, keyin uni qayta oching.
Diqqat
Bo sozlama tajriba uchun tatbiq etilgan boʻlib, uni yoqqaningizdan keyin Brauzer ishida muammolar kuzatilishi mumkin. Bunday holda parametrni faolsizlantiring va bizga shakl orqali yozing.
Bildirishnomalar katagidagi Brauzer belgisini qanday oʻchirish mumkin?
Agar siz Brauzerni yopsangiz, lekin uning belgisi bildirishnomalar panelida qolsa, Brauzer fon rejimida ishlaydi. Brauzerning barcha jarayonlarini yakunlash uchun sichqonchaning oʻng tomoni bilan bildirishnomalar paneliga bosing va Brauzerni yopishni tanlang.
Brauzer fonda ishlashini taqiqlash uchun:
→ Sozlamalar → Tizim tugmasini bosing.
Fon rejimi boʻlimida parametrlarni faolsizlantiring:
Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish
“Yandex” tugmasi qanday olib tashlanadi?
Tugma chap tomondagi Aqlli satrda joylashgan. Uni olib tashlash uchun:
Umumiy boʻlimida “Yandex” tugmasini koʻrsatish parametrini faolsizlantiring.
Kontekst menyusining koʻrinishini qanday oʻzgartirish mumkin?
Sayt sahifasida matnni belgilaganingizda, Brauzer sizga belgilangan qism bilan ishlash uchun kontekst menyuni koʻrsatadi. Masalan, siz matnni nusxalashingiz, unga ovoz berishingiz yoki chop etishingiz mumkin. Kontekst menyu tugmali kichik panel ko‘rinishida yoki buyruqlarning matnli roʻyxati shaklida boʻlishi mumkin.
Vositalar paneli
Uskunalar paneli belgilangan parchani nusxalash, uni Yandexda topish, tarjima qilish, chop etish, ovoz berish va boshqalarga yordam beradi. Butun vositalar roʻyxatini ochish uchun tugmasini bosing.
Vositalar panelini faolsizlantirish:
→ Sozlamalar → Vositalar bosing.
Mavzuli menyu boʻlimida Matn tanlanganda vositaalar panelini koʻrsatish parametrini faolsizlantiring.
Buyruqlarning matnli roʻyxati
Matn parchasida sichqonchaning oʻng tugmasi bosilganda paydo boʻladigan kontekst menyudan foydalanishingiz mumkin. Bu yerda buyruqlar roʻyxati vositalar panelidagga qaraganda biroz kengroq, masalan, sahifa boʻylab matnni qidirish mumkin. Kontekst menyuni faolsizlantirish imkonsiz, lekin ixchamroq qilish mumkin:
→ Sozlamalar → Vositalar bosing.
Kontekst menyusi boʻlimida Ixcham menyudan foydalanish parametrini yoqing.
Shundan keyin buyruqlarning bir qismi Qoʻshimcha boʻlimiga oʻtadi.
Sahifada chop etish tugmasi aks etmayapti
Sichqonchaning oʻng tugmasini bosib kontekst menyuni chaqiring va Chop etish bandini tanlang.
Ulangan printerni tanlang. Interfeys chop etish rejimiga oʻtadi.
→ Kengaytmalar tugmasini bosib, barcha kengaytmalarni faolsizlantiring.
Brauzerni qayta ishga tushiring: uni Ctrl + Shift + Q (Windows va Linux tizimida) yoki ⌘ + Q (MacOS tizimida) tugmalar kombinatsiyasi bilan yoping, keyin qayta oching.
Brauzerda sahifaning oldinroq saqlangan nusxasi yuklanmasligi uchun keshni tozalang.
Muammo yo‘qolsa, qayta ko‘rib chiqish usuli yordamida uni keltirib chiqargan kengaytmani toping. Har safar Brauzerni qayta ishga tushiring.
Bu kengaytmani faolsizlantiring. Shuningdek, kengaytma dasturchilariga muammo haqida xabar berishingiz mumkin.
Agar tavsiyalar yordam bermagan bo‘lsa, shakl orqali bizga yozing. Vaziyatni imkon qadar batafsil tavsiflang, iloji bo‘lsa, skrinshot biriktiring.
Tablo sahifasidagi fon o‘zgarmayapti
File System jildini o‘chirib tashlashga va muammo sodir bo‘lmayotganini tekshirishga urunib ko‘ring. Jild Brauzer profil jildida joylashgan:
Windows 7, 8 yoki 10 versiyalarida fayllarni qidirish maydonini oching.
Quyidagi satrni nusxalab, uni fayllarni qidirish maydoniga joylashtiring:
2024-yil dekabrdan boshlab Microsoft Windows 7, 8 va 8.1 operatsion tizimlari toʻxtatildi.
2017-yil aprel oyidan boshlab Microsoft Windows XP va Vista tizimlarini qo‘llab-quvvatlash to‘xtatildi.
Fonni o‘chira olmayapman
Brauzerda fonni butunlay faolsizlantirish yoki o‘chirish imkonsiz. Rasm o‘rniga bir rangli fonni sozlashga urining. Brauzerning fonlar galereyasida Ranglar «albomini» oching, kerakli rangni tanlang va Fonni ishlatish tugmasini bosing.
Cheklov
Oq fonni tanlash imkonsiz. Bu Brauzer elementlari (masalan, havola matnlari, vidjetlar, tugma nomlari) har qanday fonda ko‘rinishini ta’minlash uchun kerak.