---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.54.4
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser-beta/en/security/protect-panel.md
  - https://yandex.com/support/browser-beta/kk/security/protect-panel.md
  - https://yandex.com/support/browser-beta/ru/security/protect-panel.md
  - https://yandex.com/support/browser-beta/tr/security/protect-panel.md
  - https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/protect-panel.md
  - href: uz/security/protect-panel.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords:
  - protect yandex brauzer qanday yoqiladi.
  - yandex brauzerda protekt qanday yoqiladi.
  - Yandex brauzer protekt oʻrnatish.
  - Protect paneli yandex brauzer.
  - Yandex brauzerning manzil satridagi belgilar.
  - Yandex brauzerdagi protect paneli.
  - Sayt xavfsizligi ko‘rsatkichlari.
  - Sahifa sarlavhasidagi belgilar.
  - Sahifa sarlavhasidagi qulf.
  - Yandex brauzerda ulanish holati.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser-beta/uz/llms.txt


<!-- source: uz/_includes/macOS.md -->
#|
||
**macOS foydalanuvchilariga**

MacOS uchun mavjud boʻlmagan Brauzer beta versiyasiga oid ma’lumotnomani koʻryapsiz.

MacOS uchun brauzer [asosiy versiya Yordam sahifasida](https://yandex.uz/support/browser/uz/) tavsiflangan.
||
|#
<!-- endsource: uz/_includes/macOS.md -->

# Protect: xavfsizlik belgilari


Internetda bexavotir ishlashingiz uchun [Yandex Brauzerning beta versiyasi](https://browser.yandex.uz/beta/) keng qamrovli [Protect](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/protection.md) himoya tizimidan foydalanadi. [Aqlli satrdagi](*smart-link) belgilar Protect ma’lumot va sozlamalariga tezkor kirish imkonini olishga yordam beradi.

## Protect belgilari {#whatis}

<!--По этому разделу написаны фактовые ответы. Если раздел обновился, не забудьте проверить и обновить ответы в файле fact-answers.yaml.-->

Xavfsizlik belgilari sahifa manzilining o‘ng va chap tomonida ko‘rsatiladi. Protect panelini ochish uchun belgini bosing. U yerda xavfsizlik tafsilotlarini ko‘rasiz va u bilan bog‘langan sozlamalarni o‘zgartirishingiz mumkin.

![](../_image//protect-panel.png)

##### Quyidagi belgilarni ko‘rishingiz mumkin: {#icons1}

<div class="striped-none">

#|
||
**Belgi**
|
**Protect funksiyasi**
||

||
![](../_image/globus.svg)![](../_image/green-lock.svg)![](../_image/green-unlock.svg)![](../_image/grey-lock.svg)![](../_image/grey-unlock.svg)![](../_image/red-danger.svg)
|
[Ulanish holati](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/protect-panel.md#icons)
||

||
![](../_image/safe-mode-icon.svg)
|
[Himoyalangan rejim](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/safe-mode.md)
||

||
![](../_image/card-protection-icon-red.svg)![](../_image/card-protection-icon-grey.svg)
|
[To‘lov kartalari himoyasi](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/card-protection.md)
||

||
![](../_image/mobile-payments-warning-icon.svg)
|
[Mobil obuna](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/mobile-payments.md) yoki [SMS-firibgarlik](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/sms-fraud.md) haqida ogohlantirish
||

||
![](../_image/lightening.svg)
|
[Xavfli sahifa](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/virus-protection.md)
||

||
![](../_image/location-icon.svg)![](../_image/notification-icon.svg)![](../_image/no-js-icon.svg)![](../_image/no-plugins-icon.svg)![](../_image/no-picture-icon.svg)![](../_image/cookies-icon.svg)
|
Sayt uchun [ruxsatlar](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/permissions.md)
||
|#

</div>

## Ulanish holati {#icons}

<div class="striped-none">

#|
||
**Belgi**
|
**Protect funksiyasi**
||
||
![](../_image/globus.svg)
|
Himoyalanmagan HTTP bayonnomasi ishlatiladi. Bunday saytlarda shaxsiy ma’lumotlarni (ayniqsa, to‘lov ma’lumotlarini) kiritish kerak emas, chunki u jinoyatchilar tomonidan osongina o‘g‘irlanishi mumkin.
||

||
![](../_image/green-lock.svg)
|
Shifrlash yordamida maʼlumotlarning xavfsiz yuborishini taʼminlovchi [HTTPS](https://uz.wikipedia.org/wiki/HTTPS) protokolidan foydalaniladi hamda saytda amal qiluvchi [kengaytirilgan tekshiruv SSL sertifikati (EV)](https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D0%B5%D1%80%D1%82%D0%B8%D1%84%D0%B8%D0%BA%D0%B0%D1%82_Extended_Validation) mavjud. Agar Aqlli satrda bunday belgi boʻlmasa, saytga maxfiy ma’lumotlarni (masalan, bank kartasi raqamini) kiritishni tavsiya etmaymiz.
||

||
![](../_image/grey-lock.svg)
|
HTTPS protokoli ishlatiladi, ammo sayt sertifikati EV kabi xavfsiz emas.
||

||
![](../_image/green-unlock.svg)
|
HTTPS bayonnomasi ishlatiladi va saytda amaldagi EV-sertifikat mavjud, lekin sahifada xavfsiz bo‘lmagan elementlar yuklangan.
||

||
![](../_image/grey-unlock.svg)
|
Quyidagi vaziyatda mana bunday belgi paydo boʻladi:

- sahifadagi shakl shifrlashsiz HTTP protokoli asosida ma’lumotlarni yubormoqda;
- Yandex’ga mahalliy o‘rnatilgan sertifikat markazi noma’lum.

Ma’lumotlar xavfsiz uzatilishiga ishonch mavjud emas.
||

||
![](../_image/red-danger.svg)
|
Sahifa ma’lumotlaringiz uchun [xavfli](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/untrusted-sertificates.md#others) bo‘lishi mumkin. Masalan, sayt sertifikati bekor qilingan yoki eskirgan.
||

||
![](../_image/no-safety-data.svg)
|
Brauzerda sayt bilan aloqa xavfsizligi haqida ma’lumot yo‘q.
||

||
![](../_image/yandex-page.svg)
|
Brauzerning ichki sahifasi. Ma’lumotlaringiz himoyalangan.
||
|#

</div>

## Ulanish holati haqida batafsil ma’lumot {#detailed-information}

Ulanish xavfsiz yoki yoʻqligini bilish uchun:

1. Sayt sahifasini oching.

1. [Aqlli satrda](*smart-link) [ulanish holati](#icons) belgisini bosing.

1. Protect paneli ochiladi. Ulanish holati ko‘rsatilgan bo‘limda **Batafsil** tugmasini bosing.


## Umumiy xavfsizlik sozlamalari {#common-security-settings}

Protect panelidagi sozlamalarning aksariyati ochiq sahifa uchun amal qiladi. **Umumiy xavfsizlik sozlamalari** boʻlimida barcha saytlar uchun amal qiladiganlar koʻrsatilgan. Ularni oʻzgartirish uchun:

1. [Aqlli satrda](*smart-link) [ulanish holati](#icons) belgisini bosing.
1. Protect panelidagi **Umumiy xavfsizlik sozlamalari** boʻlimida quyidagi xususiyatni yoqing:

    - **Xavfli saytlarda bank kartasi raqamini kiritish haqida ogohlantirish** — [to‘lov kartalarini himoya qilishni](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/card-protection.md) faollashtirish uchun.
    - **Yoqimsiz yoki shokka tushiradigan tasvirli reklamani bloklash** — [nomaqbul reklamani](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/ad-protection.md) ko‘rmaslik uchun.



{% note info %}

Protect panelida **Batafsil** himoyasida hozir kirganingiz sayt unsurlarini [qayta ishlash qoidalarini](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/permissions.md#what) almashtirish imkonini beradi (masalan, unga mikrofondan foydalanishni taqiqlash). Agar barcha saytlar uchun birdaniga qayta ishlash qoidalarini almashtirishingiz kerak bo‘lsa, buni sozlamalarda [amalga oshiring](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/permissions.md#settings).

{% endnote %}




<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->



[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.