---
metadata:
  - name: generator
    content: Diplodoc Platform v5.55.0
alternate:
  - https://yandex.com/support/browser-beta/en/security/mobile-payments.md
  - https://yandex.com/support/browser-beta/kk/security/mobile-payments.md
  - https://yandex.com/support/browser-beta/ru/security/mobile-payments.md
  - https://yandex.com/support/browser-beta/tr/security/mobile-payments.md
  - https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/mobile-payments.md
  - href: uz/security/mobile-payments.md
    type: text/markdown
    title: Markdown version
  - href: ../llms.txt
    type: text/markdown
    title: llms.txt
keywords:
  - Obunalar pulli xizmatlar.
  - Yandex brauzerdagi pulli obuna nima?
  - Mobil obunalar.
  - Pulli obunalar.
  - Pulli obuna haqida ogohlantirish.
  - Yandex brauzer himoyasini faolsizlantirish.
  - Pulli obunalaridan himoyani faolsizlantirish yandex brauzer.
  - Pulli obunalaridan himoyani qanday faolsizlantirish mumkin yandex brauzer.
  - Pulli obunalaridan himoyani qanday yoqish mumkin yandex brauzer.
---
> **Documentation Index:** Fetch the complete configuration index at https://yandex.com/support/browser-beta/uz/llms.txt


<!-- source: uz/_includes/macOS.md -->
#|
||
**macOS foydalanuvchilariga**

MacOS uchun mavjud boʻlmagan Brauzer beta versiyasiga oid ma’lumotnomani koʻryapsiz.

MacOS uchun brauzer [asosiy versiya Yordam sahifasida](https://yandex.uz/support/browser/uz/) tavsiflangan.
||
|#
<!-- endsource: uz/_includes/macOS.md -->

# Protect: pulli obuna haqida ogohlantirish


Telefoningiz uchun pulli xizmatga obuna bo‘lish juda oson: sayt sahifasidagi tugmani bossangiz bas. [Protect ](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/protection.md) majmuali himoya tizimi doirasida Brauzer sizni pulli obunalar haqida ogohlantiradi, shunda siz ularga faqat kerak bo‘lganda rozi bo‘lasiz.

## Pulli obuna nima {#examples}

_Pulli obuna_ — internet xizmatlarini to‘lash usullaridan biri. Pulli obuna yordamida, masalan, mobil telefonda ovozli pochta xizmatini ulashingiz yoki SMS orqali yuboriladigan ob-havo prognoziga obuna bo‘lishingiz mumkin. Obunani rasmiylashtirish uchun operator sahifasiga kiring va tugmani bosish orqali rozilikni tasdiqlang. Ayrim kontent provayderlari obunalarning soddaligini suiste’mol qilishadi va foydalanuvchilarga keraksiz pulli xizmatlarni sezdirmay ulashadi.

Pulli obuna sahifalari uyali aloqa operatorlarining saytlariga joylashtirilgan bo‘lsada, ularning mazmuni uchinchi tomon kontent provayderlari tomonidan belgilanadi. Ayrim provayderlar pulli xizmatni ulash haqida ma’lumotni ko‘rish qiyinligini ta’minlash uchun hamma narsani qiladilar. Masalan, obuna tugmasida **Play** yoki **Kirish** deb yozilishi mumkin. Xizmat pulliligi haqidagi xabar kichik bosma yozuvda yoki ekrandan tashqarida yashiringan bo‘lishi mumkin. Natijada maxsus saytdagi tugmani bir marta bosishingiz bilan mobil hisobingizdan pul har kuni yechib olinadi.

Agar siz mobil qurilmadan emas, balki kompyuterdan obuna sahifasiga kirsangiz, ayniqsa, qo‘lga tushish oson, chunki katta monitorda kichik yozuvni topish qiyin.

Yandex ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif buyuruvchilarning taxminan 20% kompyuterdan pulli obuna sahifalariga keladi. Buning sabablaridan biri — Wi-Fi routerlari bilan birgalikda tez-tez ishlatiladigan 3G modemlarining keng tarqalishi. Bundan tashqari, pulli obuna sahifalari zararli [kengaytmalarni](https://yandex.com/support/browser-beta/uz/security/check-extensions.md) ochishi mumkin.

![](../_image/mobile-payments.png){.border-yes}



![](../_image/1-icon.svg) — tugmani bosish orqali pulli obunani rasmiylashtirasiz;

![](../_image/2-icon.svg) — pulli xizmat haqida axborot payqash qiyin bo‘lgan joyda joylashtiriladi.



## Pulli obuna haqida ogohlantirish {#blocking}

Agar pulli obunasi bo‘lgan uyali aloqa operatorining sahifasiga kirsangiz, [Yandex Brauzerning beta versiyasi](https://browser.yandex.uz/beta/) sizni ogohlantiradi — brauzer oynasida xabar va ![](../_image/mobile-payments-warning-icon.svg) [Aqlli satrda](*smart-link) belgisi chiqadi. **To‘lovga o‘tish** tugmasini faqatgina obunani to‘lamoqchi bo‘lsangiz, bosing.

![](../_image/mobile-payments-warning.png)

## Himoyani faolsizlantirish {#protection-off}


{% note alert %}

Pulli obuna ogohlantirishlarini o‘chirib qo‘yishni istasangiz, Brauzerda zararli saytlar va dasturlardan himoya qilishni butunlay o‘chirib qo‘yishingizga to‘g‘ri keladi. Biz bunday qilmaslikni qat’iyan tavsiya qilamiz.

{% endnote %}


Pulli obuna ogohlantirishlarini o‘chirish uchun:

1. Yuqori oʻng burchakda **![](../_image/settings-icon.svg)** → **Sozlamalar** tugmasini bosing.

1. Sahifaning yuqori qismidagi **Xavfsizlik** varagʻini oching.
1. **Tahdidlardan himoyalash** blokida **Kiriladigan saytlar va yuklab olinadigan fayllar xavfsizligini tekshirish** parametrini faolsizlantiring.

Pulli obuna ogohlantirishlarini qaytarish uchun bir xil algoritmdan foydalaning.



<a href="uz/support/support">
<span class="button">Yordam xizmatiga yozish</span>
</a>


<!-- source: uz/_includes/black-button-styles.md -->



<!-- endsource: uz/_includes/black-button-styles.md -->

[*smart-link]: Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin — Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.