Yandex.Taxi servisidan foydalanish shartlari

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu shartlar (bundan keyin - Shartlar) Yandex.Taxi B.V. (bundan keyin - "Yandex.Taxi" deb ataladi) ning Internet foydalanuvchisiga (bundan keyin – Foydalanuvchi) Yandex.Taxi servisidan (bundan keyin - "Servis") foydalanish taklifini o‘zida namoyon qiladi.

1.2. Foydalanuvchining Servislardan foydalanish ushbu shartlar, shuningdek "YANDEX" MChJ (Lev Tolstoy ko‘ch. 16, Moskva, 119021, Rossiya) quyidagi hujjatlari bilan tartibga solinadi:

(bundan keyin birgalikda – “Tartibga soluvchi hujjatlar” deb ataladi).

1.3. Servisdan, yoki uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlar ekan Foydalanuvchi ushbu Shartlarni, shuningdek Tartibga soluvchi hujjatlarning shartlarini to'liq, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va istisnolarsiz qabul qilgan hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi shartlarning va / yoki Tartibga soluvchi hujjatlarning qoidalaridan biriga rozi bo'lmasa, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishga haqli emas.

1.4. Yandex.Taxi istalgan paytda Foydalanuvchiga xabar bermasdan, ushbu shartlarning qoidalarini o'zgartirishi mumkin va “YANDEX” MChJ istalgan paytda Foydalanuvchiga xabar bermasdan Tartibga soluvchi hujjatlarning shartlarini o'zgartirishi mumkin. Ushbu shart va qoidalarning amaldagi tahriri: https://yandex.com/legal/taxi_termsofuse_uz/ manzili bo‘yicha joylashtiriladi. Shartlar va Tartibga soluvchi hujjatlarning yangi tahriri bilan tanishmaslik xavfi Foydalanuvchining zimmasiga yuklanadi, Shartlar yoki Tartibga soluvchi hujjatlar o'zgargandan so‘ng Servisdan foydalanishni davom ettirish ularning yangi tahririga rozi bo‘lish deb hisoblanadi.

1.5. Agar Yandex.Taxi tomonidan ushbu Shartlarning 1.4-bandida ko'zda tutilgan tartibda Foydalanuvchi rozi bo'lmagan o'zgarishlar kiritilgan hollarda, Foydalanuvchi Servisdan foydalanishni to'xtatishi shart.

1.6. Servis, Foydalanuvchiga yo'lovchilarni va yuklarni tashish xizmatlariga potensial talab haqida ma'lumotlarni joylashtirish, shuningdek, ushbu sohada xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilotlarning takliflari haqidagi ma'lumotlar bilan tanishish va Foydalanuvchi tomonidan berilgan parametrlarga muvofiq bunday takliflarni qidirish uchun bepul imkoniyat taqdim etadi. Servisning hozirgi paytda mavjud barcha funksiyalari, shuningdek, ularning har qanday rivojlanishi va / yoki yangilarini qo'shish ushbu Shartlarning mavzusi bo‘lib hisoblanadi.

1.7. Foydalanuvchining yashaydigan hududiga qarab, Servisning barcha yoki ayrim funksiyalari erishib bo‘lmaydigan yoki cheklangan bo'lishi mumkin. Agar muayyan hududdagi Foydalanuvchi funksiyalardan ochiqdan ochiq tarzda foydalana olmasa, funksiyalar muayyan hududdagi Foydalanuvchi uchun erishilmaydigan (cheklangan) bo‘lib hisoblanadi. Ushbu cheklashlarni chetlab o'tish uchun har qanday texnik va dasturiy usullardan foydalanish taqiqlanadi. Foydalanuvchi uchun erishilmaydigan (cheklangan) servislarning funksiyalarini tartibga soluvchi ushbu Shartlarning qoidalari, bunday funksiyalar foydalanuvchiga bemalol erisha olguncha qo‘llanilmaydi. Muayyan bir mintaqada Servis funksiyalarining erishiladigan bo‘lgani haqida ma'lumot foydalanuvchiga Yandex.Taxi saytiga yuborilgan so‘rovga ko'ra taqdim etiladi.

1.8. Shubhalarni bartaraf etish uchun Yandex.Taxi yo'lovchilar va yuklarni tashish va axborot-dispetcherlik xizmati xizmatlarini ko'rsatmaydi.

1.9. Servisdan foydalanar ekan Foydalanuvchi reklama xabarlarini olishga rozilik beradi. Foydalanuvchi Servisning tegishli funksionalidan foydalangan holda yoki olingan reklama xabarida ko'rsatib o'tilgan ko'rsatmalarga rioya etgan holda, reklama xususiyatiga ega xabarlarni olishdan voz kechish huquqiga ega.

2. Servisdan foydalanish. Servisning alohida funksiyalari

2.1. Servis Foydalanuvchiga shaxsiy notijorat maqsadlarda foydalanish uchun taqdim etiladi.

2.2. Yo'lovchilar va yuklarni tashish bo'yicha xizmatlar to'g'risida ma'lumot (bundan keyin - Ma'lumot) Servisning hamkorlari tomonidan taqdim etiladi. Hamkorlar ro'yxatini http://taxi.yandex.com/partners/ saytida ko‘rib chiqish mumkin. Taklif etilayogan xizmatlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun (salonda Wi-Fi ulanish nuqtasi borligi haqida, shu jumladan, Huquq egasining hamkorlari Foto / video tasvirga tushirishni amalga oshirishi va boshqa axborot haqida) Foydalanuvchi Servis hamkorlariga murojaat qilishi mumkin, yoki Servis funksionalidan foydalanib o‘zining aloqa ma'lumotlarini taqdim etishi mumkin, Servis hamkorlari bunday aloqa ma’lumotlari orqali mustaqil ravishda Foydalanuvchi bilan aloqa bog‘lab unga taklif etilayotgan xizmatlari haqida ma'lumot taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

2.3. Yandex.Taxi Servisning hamkorlari taqdim etadigan ma'lumotlarning mazmuni va / yoki dolzarbligi, shu jumladan hamkorlarining xizmat haqi to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek, ularning hozirgi paytda mavjudligi haqidagi ma’lumotlar uchun javobgar bo‘lmaydi. Foydalanuvchining hamkorlar bilan xizmatlarni sotib olish masalalaridagi o'zaro hamkorligi foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda (Yandex.Taxi ishtirokisiz) hamkorlarda qabul qilingan xizmat ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Yandex.Taxi Foydalanuvchi va hamkorlar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy va boshqa har qanday operatsiyalar, shuningdek, Foydalanuvchining hamkorlardan xizmatlarini sotib olishining har qanday oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.

2.4. Foydalanuvchiga Servis hamkorlarining xizmatlarini baholash funksiyasidan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi mumkin, shuningdek u Servislar va / yoki Servis hamkorlarining xizmatlari haqida izohlar / mulohazalar yuborishi mumkin. Foydalanuvchilarning baholari va mulohazalari Servis saytida joylashtiriladi va uchinchi shaxslarning saytlarida ham erishila oladigan bo'lishi mumkin. Foydalanuvchi ushbu funksiyalardan foydalanganda “YANDEX” MChJ servislaridan foydalanish shartnomasining 4,5 bo‘limlarida nazarda tutilgan (https://yandex.com/legal/rules_uz/) manzili bo‘yicha Foydalanuvchining kontentiga qo‘yiladigan talablariga rioya qilish majburiyatini oz zimmasiga oladi. Yandex.Taxi har qanday baholash / mulohazalarni joylashtirishni rad etish, shuningdek Foydalanuvchi joylashtirgan baho ‘ mulohazani o‘z ixtiyoriga ko‘ra va sabablarini ham ko‘rsatmasdan istalgan paytda o‘chirish / bloklash huquqini o'zida saqlab qoladi.

2.5. Yandex.Taxi Foydalanuvchining Servisdan (agar texnologik jihatdan mumkin bo'lsa, Servisi ma'lum funksiyalaridan) foydalanish erkinligini o‘z ixtiyoriga ko‘ra uning qayd yozuvidan foydalanib cheklab qo‘yishi yoki ushbu shartlari qayta qayta buzilganda Foydalanuvchining qayd yozuvini bloklab qo‘yishi, yoki qonun talablariga yoki uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish uchun Foydalanuvchiga nisbatan boshqa choralarni ko‘rishi mumkin.

2.6. Taksi xizmatlariga talab oshadigan paytlarda (shu jumladan, bayram arafasi kunlarida, ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan kunlarda va boshqa hollarda) Servis hamkorlarining tariflari oshishi mumkin. Tariflarning oshishi to'g'risida Yandex.Taxi Servisning http://taxi.yandex.com saytida tegishli xabarnomani joylashtirish yoki Yandex.Taxining ixtiyoriga ko‘ra boshqa usullar bilan, shu jumladan Foydalanuvchining mobil telefon raqamiga xabar yuborish orqali xabar beradi.

2.7. "Tejamli", "Bekam-u ko‘st", "Biznes" tarifi va Servisda taqdim etilgan boshqa tariflar bo'yicha yo'lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha xizmatlar turli sinfdagi avtomobillarda taqdim etiladi. Avtomobilni muayyan sinfga kiritish, Servisning hamkorlari tomonidan taqdim etilgan avtotransport xususiyatlariga oid ma'lumotlar asosida avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

2.8. Taksi xizmati safarni rad etganlik uchun, agar bunday rad etish avtomobil Foydalanuvchi belgilagan joyga yetkazilgandan keyin sodir bo‘lsa, haq undiradi. Bunday to'lov miqdori avtomobil belgilangan joyga haqiqatda yetib kelgan paytdan boshlab tarif bo‘yicha safar uchun hisoblangani kabi hisoblanadi, yoki Foydalanuvchiga taksi xizmati tomonidan taqdim etilgan axborotda ko‘rsatilgan yetkazib berish paytidan boshlab Foydalanuvchi safardan bosh tortgan paytgacha (qaysi biri keyin yuz berganiga bog‘liq ravishda) hisoblanadi. Foydalanuvchi Servis orqali taksi xizmatiga tegishli xabarni yuborish orqali safarni rad etadi. Taksi xizmati yetkazib bergan avtomobilga bepul kutish vaqtini ham qo‘shganda 10 (o‘n) daqiqa mobaynida o‘tirmagan Foydalanuvchi, agar tegishli taksi xizmatining qoidalarida nazarda tutilgan, yoki Foydalanuvchi va taksi xizmatining vakili (haydovchi) orasida boshqacha kelishuv bo‘lmasa, safardan bosh tortgan bo‘lib hisoblanadi. Foydalanuvchi aeroportdan safar qilishni rad etgani uchun to‘lov yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan hisoblanadi va avtomobil shahardan tashqariga yetkazib berilgani uchun tarifga binoan qo‘shimcha haq undiriladi.

2.9. Foydalanuvchi Yandex.Taxiga, Foydalanuvchining shaxsiy axborotiga (shu jumladan shaxsiy ma'lumotlari) Yandex.Taxning ishlov berishiga, Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari Yandex.Tax tomonidan hamkorlariga taqdim etilishiga, shuningdek Servis doirasida foydalanuvchiga xizmat ko'rsatish maqsadida shaxsiy ma'lumotlarning hamkorlar tomonidan ishlov berilishiga o‘z roziligini beradi. Foydalanuvchi Servisdan foydalanganda uning shaxsiy axboroti (https://yandex.com/legal/confidential_uz/) manzili orqali erkin tanishish mumkin bo‘lgan “YANDEX” MChJ Maxfiylik siyosatida belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berilishi uchun “YANDEX” MChJ ga beriladi.

3. Yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha xizmatlarga naqd pulsiz to‘lov funksiyasi

3.1. Foydalanuvchi Servisdan foydalanib joylashtirgan tegishli xizmatga potensial talab haqidagi axborotga muvofiq Foydalanuvchiga ko‘rsatilgan yo‘lovchilarni va yuklarni tashish bo‘yicha xizmat haqi Foydalanuvchi tomonidan quyidagicha amalga oshirilishi mumkin:

3.1.1. To'g'ridan-to'g'ri taksi xizmatiga (shu jumladan naqd yoki ko‘rsatilgan taksi xizmati taqdim etadigan boshqa usullar bilan, agar shunday usullar bor bo‘lsa, bundan keyin ushbu Shartlarda va Servis interfeysida – “Naqd”). Ko‘rsatilgan to'lov turi Yandex.Taxi ishtirokisiz amalga oshiriladi va ushbu Shartlar bilan tartibga solinmaydi.

3.1.2. Foydalanuvchi biriktirilgan Bank kartasidan naqd pulsiz to‘lov funksiyasidan foydalanishi mumkin (ushbu Shartlarning 3.2. bandi); Bu holda Yandex.Taxi tegishli taksi xizmatining topshirig‘i bo‘yicha yoki to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha vakolatli operatorni yoki hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchisini jalb etib boshqa asosda harakat qiladi va taksi xizmatining agenti sifatida to‘lovni oluvchi bo‘lib hisoblanadi, yoki boshqa sifatda ishtirok etadi (bundan keyin – “naqd pulsiz to‘lov”). Yandex.Taxi naqd pulsiz to'lov imkoniyatini taqdim etishga nisbatan Servisi ishida xatolar va to‘xtab qolishlar bo‘lmasligini kafolatlamaydi.

Foydalanuvchining mintaqasiga bog‘liq ravishda naqd pulsiz to'lov Yandex. Taxining to‘lov oluvchi sifatidagi ishtirokisiz, yoki Yandex.Taxi hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchisi yoki o‘zaro axborot hamkorligi ishtirokchisi sifatida jalb etilib amalga oshirilishi mumkin.

Tegishli to'lov shaklini tanlash Foydalanuvchi tomonidan Servis interfeysida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, naq pulsiz to'lovlarni amalga oshirishning biron-bir sababga (shu bilan birga, bu funksiyadan vaqtincha texnik jihatdan foydalanila olmaslik, Biriktirilgan karta naqd pulsiz to'lovning vaqtincha yoki umuman imkonsizligi, Biriktirilgan kartadagi mablag'lar etishmasligini ham qo‘shganda va bu blan cheklanmasdan) ko‘ra iloji bo‘lmasa, Foydalanuvchi to‘lovni naqd pul bilan amalga oshirish majburiyatini oladi.

Naqd pulsiz to'lov qilinganida yo'lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha xizmatning to'liq haqini bir tranzaksiya bilan to‘lash hamda xizmatlarning ayrim qismlari uchun bir nechta operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Bunda naq pulsiz to'lov safar paytida yoki tugagandan keyin ko‘rsatilgan usullardan istalgan biri bilan amalga oshirilishi mumkin.

Naqd pulsiz to‘lov qilinganda yo'lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha xizmat haqini to‘lash bilan bir qatorda Foydalanuvchi shuningdek o‘z ixtiyoriga ko‘ra yo'lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha xizmatning to‘lanadigan narxidan foiz nisbatida taksi xizmatining foydasiga qo‘shimcha (bundan keyin ushbu Shartlarning matni bo‘yicha va Servis interfeysida – “Choychaqa”) naqd pulsiz to‘lov qilish imkoniyatiga ega.

3.2. Biriktirilgan bank kartasi Foydalanuvchi tomonidan Servis interfeysida ko'rsatiladi, bunda Foydalanuvchi quyidagi ma'lumotlarni ko'rsatadi:

  • Bank kartasi raqami

  • Yaroqliligi

  • Xavfsizlik kodi

Agar bank kartasining ma'lumotlari to'g'ri, haqiqiy va mazkur kartadan Servis doirasida foydalanish texnik jihatdan mumkin bo‘lsa, bu karta Biriktirilgan karta maqomini oladi va naqd pulsiz to‘lov uchun undan foydalanilishi mumkin (ushbu Shartlarning 3.1.2-bandida). Biriktirilgan barcha kartalar Servis interfeysida aks ettiriladi; Foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun Biriktirilgan Karta raqamining so'nggi 4 ta raqami Biriktirilgan kartaga nisbatan ko'rsatiladi.

3.3. Biriktirilgan kartani qo‘shganda, shuningdek Foydalanuvchi aniq bir safar haqini naqd pulsiz to‘lashni tanlaganda Biriktirilgan kartaning aniqligi va haqiqiyligini tasdiqlash uchun 5 Rossiya rublidan oshmaydigan summa yechib olinadi (yoki Foydalanuvchi mintaqasining valyutasida boshqa bir summa); tranzaksiya muvaffaqiyatli o‘tsa, ko‘rsatilgan summa Foydalanuvchiga qaytariladi. Ko‘rsatilgan summani yechishning muvaffaqiyatsiz urinishi mazkur Biriktirilgan kartani qo‘shish ilojsiz ekanligi va/yoki tegishli ravishda naqd pulsiz to‘lash funskiyasining ishlamayotganini bildiradi.

3.4 Biriktirilgan kartani qo‘shganda, shuningdek, istalgan vaqtda u qo'shilgandan keyin, Foydalanuvchi Servis interfeysi orqali sukut holatida Choychaqa miqdorini o‘rnatish va /yoki o‘zgartirish imkoniyatiga ega; Choychaqa miqdori aniq bir safar uchun Foydalanuvchi tomonidan Servis interfeysida ushbu safar tugagandan keyin o‘zgartirilishi mumkin.

3.5. Agar safar tugagandan keyin 30 daqiqa ichida Foydalanuvchi Servis interfeysida safarga ijobiy baho qo‘ysa (4-5 yulduz) va “Tayyor” tugmasini bossa, yoki ijobiy ham, salbiy ham baho bermasdan (yulduzlar sonini ko‘rsatmasdan) “Tayyor” tugmasiga bossa, Biriktirilgan kartadan choychaqa yechiladi (sukut bo‘yicha o‘rnatilgan miqdorda yoki Foydalanuvchi aniq safar uchun maxsus ko‘rsatgan miqdorda).

3.6. Agar Foydalanuvchi safar tugagandan keyin 30 daqiqa ichida Servis interfeysida safarga salbiy baho bersa (1-3 yulduz) va "Tayyor" tugmasini bossa, Biriktirilgan kartadan choychaqa yechilmaydi.

3.7. Agar Foydalanuvchi safari tugaganidan keyin 30 daqiqa ichida "Tayyor" tugmasini bosmas, Choychaqa summasi (sukut bo‘yicha o‘rnatilgan miqdorda yoki Foydalanuvchi aniq safar uchun maxsus ko‘rsatgan miqdorda) Biriktirilgan kartada 24 soatgacha blokirovka qilinadi, shu vaqt mobaynida Foydalanuvchi mazkur safar uchun Choychaqa miqdorini oshirish yoki kamaytirish tomoniga o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Belgilangan vaqt o‘tgandan so'ng, Choychaqa foydalanuvchi tomonidan belgilangan miqdorda yechiladi (sukut bo‘yicha yoki mazkur aniq safar uchun).

3.8. Naqd pulsiz to'lov Foydalanuvchi tomonidan to‘lovlarni qabul qiluvchi vakolatli operator yoki elektron pul mablag‘lari operatorining ishtirokida amalga oshiriladi va xalqaro to'lov tizimlari, banklarning (shu jumladan Biriktirilgan karta emitenti bo‘lgan bank) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilarining qoidalari bilan tartibga solinadi.

3.9. Ushbu Shartnomaning 3.2-bandiga binoan o‘z ma'lumotlarini taqdim etganda va keyinchalik Biriktirilgan Kartadan foydalanganda Foydalanuvchi uning nomiga berilgan haqiqiy bank kartasi haqida ishonchli va to'liq ma'lumotni berganini; xalqaro to'lov tizimlarining qoidalariga va Biriktirilgan kartani chiqargan emitent -bankning talablariga, shu jumladan naqd pulsiz hisob-kitoblarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablarga amal qilishini tasdiqlaydi va kafolatlaydi.

3.10. Foydalanuvchi Servis doirasida o‘zi tasdiqlagan mobil telefon raqamidan foydalanib amalga oshirilgan, shu jumladan Biriktirilgan kartadan foydalanib naqd pulsiz to‘lovlar qilish bo‘yicha barcha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib hisoblanishini tushunadi va qabul qiladi.

3.11. Foydalanuvchi naqd pulsiz to‘lov fakti va/yoki summasi bilan kelishmagan holda va Servis doirasida Biriktirilgan kartadan foydalanish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Servisda ko‘rsatilgan telefonlar va / yoki qo‘llash xizmati (teskari aloqa) interfeysi orqali naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirgan yoki murojaat uchun sabab bo‘lgan boshqa harakatlar yoki hodisalar yuz bergan paytdan boshlab 14 kun mobaynida Yandex.Taxiga murojaat qilishga haqli.

Bunday murojaat yuzasidan tekshiruv natijalari bo‘yicha Yandex.Taxi naqd pulsiz to'lovni to‘liq yoki qisman qaytarish haqida qaror qabul qilsa, ko‘rsatilgan qaytarish naqd pulsiz to'lov qilingan bank karta hisob raqamiga amalga oshiriladi. Pul mablag‘larini qaytarish tartibi to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha vakolatli operator yoki elektron pul mablag‘lari operatorining ishtiroki bilan amalga oshiriladi va xalqaro to'lov tizimlari, banklarning (shu jumladan Biriktirilgan karta emitenti bo‘lgan bank) va hisob-kitoblarning boshqa ishtirokchilarining qoidalari bilan tartibga solinadi. Yandex.Taxi Biriktirilgan karta bo‘yicha hisob-kitoblar ishtirokchisi bo‘lmagan hollarda, Yandex.Taxi Foydalanuvchilarning yuqorida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha murojaatlarini taksi xizmatlariga, dispetcherlik xizmatlariga yoki yuqorida ko‘rsatilgan Biriktirilgan karta bilan o‘tkazilgan operatsiyalar bo‘yicha to‘lov qabul qiluvchi boshqa shaxsga beradigan shaxs sifatida harakat qilishi mumkin.

3.12. Yandex.Taxi istalgan paytda Foydalanuvchidan, u Servis doirasida ko‘rsatgan ma’lumotlarni tasdiqlashini talab qilish shu jumladan Biriktirilgan kartaning ma'lumotlarini talab qilish, va bu bilan bog‘liq ravishda tasdiqlovchi hujjatlarni (xususan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar) so‘rash huquqini o'zida saqlab qoladi, ularning taqdim etilmasligi Yandex.Taxining ixtiyoriga ko‘ra ishonchsiz axborot berish bilan tenglashtirilishi va ushbu Shartlarning 2.5 bandlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

3.13. Ushbu bo'limda ko‘rsatilgan yo'lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha xizmatlar haqini to‘lash shartlari va tartibi to'g'risidagi qoidalar, bunday xizmat haqi Foydalanuvchi uchun uchinchi shaxs tomonidan Yandex.Taxi bilan tuzilgan alohida shartnoma bo'yicha to‘lansa, qo‘llanilmaydi.

4. Yandex. Taksi rekvizitlari

Yandex.Taxi B.V., (ro‘yxat raqami 64591069)

Private Limited Liability Company

Schiphol Boulevard 165, 1118 BG Schiphol, the Netherlands

tel.: +31(0)202066970 / +31(0)202066971 / +31(0)623505401

fax.: +31(0)204466372

e-mail: support@taxi.yandex.com

Chop etilgan sana: 04.04.2018