Mobil qurilmalar uchun “Yandex.Taxi” dasturidan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi

Dasturdan foydalanishdan oldin, quyidagi litsenziya shartnomasining shartlari bilan tanishib chiqishingizni so‘raymiz.

Sizning dasturidan har qanday foydalanishingiz ushbu litsenziya shartnomasining shartlarini to'liq va shartsiz qabul qilishingizni bildiradi.

Agar siz litsenziya shartnomasining shartlarini to'liq qabul qilmasangiz, Siz dasturdan qandaydir maqsadda foydalanish huquqiga ega emassiz.

1. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Litsenziya Shartnomasi (bundan keyin -Litsenziya) “Yandex.Taxi” dasturidan (bundan keyin - Dastur) foydalanish shartlarini belgilaydi va ushbu Dasturdan foydalanadigan har qanday shaxs, Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va Armaniston Respublikasi hududidagi shaxslar (bundan keyin – Foydalanuvchi) bundan mustasno, va Dasturdan foydalanish huquqini berishga vakolatli Yandex.Taxi B.V. (bundan buyon – Huquq egasi) orasida tuzilgan.

1.2. Dasturdan nusxa ko'chirish, uni mobil qurilmaga o'rnatish yoki biron-bir tarzda ushbu Dasturdan foydalanish orqali foydalanuvchi Litsenziyaning barcha shartlarini to'liq va shartsiz qabul qilishini ifoda qiladi.

1.3. Faqat ushbu Litsenziyaning shartlarida Dasturdan foydalanishga ruxsat beriladi. Agar foydalanuvchi Litsenziya shartlarini to'la hajmda qabul qilmasa, Foydalanuvchi Dasturdan qandaydir maqsadda foydalanish huquqiga ega emas. Litsenziyaning har qanday shartlarini buzgan holda (bajarmasdan) Dasturdan foydalanish taqiqlanadi.

1.4. Foydalanuvchi Dasturdan ushbu Litsenziyaning shartlariga binoan shaxsiy notijorat maqsadlar uchun foydalanishi - bepul. Dasturdan ushbu Litsenziyada ko'zda tutilmagan shartlarda va usullar bilan foydalanish faqat Huquq egasi bilan tuziladigan alohida kelishuv asosida amalga oshirilishi mumkin.

1.5. Ushbu Dasturdan foydalanish orqali Siz quyidagi hujjatlarning ushbu Dastur Litsenziyasining ajralmas qismlari bo‘lishiga roziligingizni bildirasiz:

shuningdek, dasturdan foydalanishga to'liq hajmda tatbiq etiladigan “YANDEX” MChJ hujjatlari. (Lev Tolstoy ko‘ch. 16, Moskva, 119021, Rossiya):

Ushbu hujjatlar (shu jumladan ularning har qanday qismlari) Huquq egasi tomonidan hech qanday maxsus xabarnomasiz o'zgartirilishi mumkin, agar hujjatlar tahririda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, hujjatlarning yangi tahriri, chop etilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi.

1.6. Huquq egasi Foydalanuvchiga ushbu Litsenziyaning ingliz tilidan boshqa tillarga tarjimasini taqdim etishi mumkin, ammo Litsenziyaning ingliz tilidagi shartlari va uning tarjimasi o'rtasida qarama-qarshiliklar bo'lsa, litsenziyasining ingliz tilidagi matni mutlaq yuridik kuchga ega bo‘ladi.

2. Dasturga huquqlar

2.1. Dasturga mutlaq huquq Huquq egasiga tegishli bo‘ladi.

3. Litsenziya

3.1. Huquq egasi oddiy (mutlaq bo'lmagan) litsenziya shartlariga binoan, Foydalanuvchiga dunyoning barcha mamlakatlarida ushbu dasturdan quyidagi usullarda bepul foydalanish huquqini taqdim etadi:

3.1.1. Dasturdan bevosita funksional maqsadga erishish uchun foydalanish, shu maqsadda undan nusxa ko'chirish va Foydalanuvchining mobil qurilmasi (lari)ga o'rnatish (ijro etish).

Foydalanuvchi Dasturni cheksiz ko'plab mobil qurilmalarga o'rnatish huquqiga ega.

3.1.2. Dasturni notijorat maqsadlarida (bepul) qayta ishlab chiqarish va tarqatish.

3.2. Dastur "Yandex.Taxi" nomi ostida foydalanilishi (shu jumladan tarqatilishi) kerak. Foydalanuvchi Dastur nomini, mualliflik huquqini qo‘riqlash belgisini yoki Huquqi egasiga boshqa ko‘rsatishlarni o'zgartirish va / yoki o'chirish huquqiga ega emas.

4. Cheklashlar

4.1. Ushbu Litsenziyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zda tutilgan hajmlarda va usullar bilan foydalanishdan tashqari, Foydalanuvchi Dasturda foydalaniladigan algoritmlarning amalga oshirilishi haqida ma’lumot olish maqsadida Dasturni o‘zgartirish, dekompilyatsiya qilish, dizassemlyatsiya qilish,deshifrovka qilish va Dasturning obyekt kodi va boshlang‘iz matni bilan o‘zga harakatlarni amalga oshirish, Dasturdan foydalanib hosila asarlar yaratish, shuningdek Dasturdan, Dasturning istalgan komponentlaridan, Foydalanuvchining mobil qurilmasida Dastur tomonidan saqlanadigan xarita materiallari, boshqa tasvirlar va boshqa ma’lumotlardan Huquq egasining yozma ruxsatisiz o‘zgacha tarzda foydalanish (foydalanishga ruxsat berish) huquqiga ega emas.

4.2. Huquq egasining yozma roziligisiz, Foydalanuvchi dasturni tijorat maqsadlarida (shu jumladan haq evaziga), shu jumladan dasturiy mahsulotlar to'plamlari tarkibida qayta ishlab chiqarish va tarqatish huquqiga ega emas.

4.3 Foydalanuvchi Huquq egasining yozma roziligisiz, Dasturni qabul qilganidan boshqa shaklda tarqatish huquqiga ega emas.

5. Alohida shartlar

5.1. Dasturning ayrim funksiyalari faqat Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bo‘lsa amalga oshirilishi mumkin. Foydalanuvchi ushbu ulanish xizmatini o‘z aloqa operatori yoki Internet-provayder tomonidan taqdim etiladigan shartlar va tariflar bo'yicha mustaqil ravishda oladi va haqini to'laydi.

5.2. Dastur Foydalanuvchiga yo'lovchilar va yukni tashish bo‘yicha xizmatlar foydalanuvchining mumkin bo'lgan talabi haqidagi ma'lumotlarni joylashtirish, shuningdek, bu sohada xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilotlarning takliflari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan tanishish va ushbu takliflarni Foydalanuvchi tomonidan belgilangan parametrlar bo'yicha qidirish imkoniyatini beradi.

5.3. Dastur doirasida Foydalanuvchi erkin foydalana oladigan axborotni (bundan keyin-Ma’lumotlar) Huquq egasining hamkorlari taqdim etadi. Taklif etiladigan xizmatlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun (salonda Wi-Fi ulanish nuqtasi borligi haqida, shu jumladan, Huquq egasining hamkorlari Foto / video tasvirga tushirishni amalga oshirishi va boshqa axborot haqida) Foydalanuvchi Huquq egasining hamkorlariga murojaat qilishi yoki dasturning funksionalidan foydalanib o‘zining aloqa ma'lumotlarini taqdim etishi mumkin, Dastur hamkorlari bunday aloqa ma’lumotlari orqali mustaqil ravishda Foydalanuvchi bilan aloqa bog‘lab unga taklif etilayotgan xizmatlari haqida ma'lumot taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

5.4. Huquq egasi hamkorlari taqdim qilgan ma'lumotlarning mazmuni va / yoki dolzarbligi, shu jumladan hamkorlarining xizmat haqi to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek, ularning hozirgi paytda mavjudligi haqidagi ma’lumotlar uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.5. Foydalanuvchi va hamkorlarning xizmatlarni sotib olish bo'yicha o'zaro hamkorligi Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda (Huquq egasining ishtirokisiz) hamkorlarda qabul qilingan xizmat ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Huquq egasi Foydalanuvchi va hamkorlar tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy va boshqa har qanday operatsiyalar, shuningdek, foydalanuvchining hamkorlardan xizmatlarini sotib olishining har qanday oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydi.

5.6. Foydalanuvchi Huquq egasiga, Foydalanuvchining shaxsiy axborotiga (shu jumladan shaxsiy ma'lumotlari) Huquq egasining ishlov berishiga, Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari Huquq egasi tomonidan hamkorlariga taqdim etilishiga, shuningdek Dastur doirasida foydalanuvchiga xizmat ko'rsatish maqsadida shaxsiy ma'lumotlarning hamkorlar tomonidan ishlov berilishiga o‘z roziligini beradi. Foydalanuvchi dasturlardan foydalanganda uning shaxsiy axboroti “Yandex.Taxi MChJ ga beriladi (Lev Tolstoy ko'ch., 16, Moskva, 119021, Rossiya) va “YANDEX” MChJ ning https://yandex.com/legal/confidential_uz/ manzili orqali erkin tanishish mumkin bo‘lgan Maxfiylik siyosatida belgilangan shartlarda va maqsadlarda ishlov berilishi uchun “YANDEX” MChJ ga beriladi.

5.7. Foydalanuvchi ushbu bilan Dastur Dasturdan foydalanganlik to‘g‘risidagi o‘ziga xos xususiyatlari o‘zgartirilgan statistik ma’lumotlarni to‘plashi va avtomatik ravishda ularni Huquq egasiga uzatishi haqida xabardor qilindi, buni tushunadi va bunga rozi.

5.8. Dasturni ro'yxatdan o'tkazish va undan foydalanish Foydalanuvchining mobil telefon raqamidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Foydalanuvchi Dasturni Foydalanuvchining mobil qurilmasi xotirasidan o'chirib tashlaganida, Dasturda Foydalanuvchining mobil telefon raqamidan foydalanib mualliflash va Dasturdan foydalanish jarayonida Huquq egasi tomonidan qabul qilingan Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari Yandex.Taxi xizmati doirasida 1 (bir) yil mobaynida saqlanadi. Dastur Qurilmaga qayta o'rnatilsa va identifikator sifatida yana aynan o‘sha mobil telefon raqamidan foydalanib ro‘yxatdan o‘tilsa, ko'rsatilgan mobil telefon raqamidan foydalanib taqdim etilgan Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari to'liq hajmda tiklanadi.

5.9. Shubhalarni bartaraf etish uchun Huquq egasi yo'lovchilar va yuklarni tashish va axborot-dispetcherlik xizmati xizmatlarini ko'rsatmaydi.

6. Litsenziya bo‘yicha javobgarlik

6.1. Dastur "bor boricha" (as is) shartlarida taqdim etiladi. Huquq egasi Dastur yoki uning alohida komponentlari va / yoki funksiyalarining xatosiz va uzluksiz ishlashi, Dasturning Foydalanuvchining aniq maqsadlariga muvofiqligi, Ma'lumotlarning ishonchliligi, aniqligi, to'liqligi va o'z vaqtida bo‘lishi uchun kafolat bermaydi, shuningdek, ushbu Litsenziyada aniq ko'rsatilmagan boshqa kafolatlarni berilmaydi.

6.2. Huquq egasi Dasturdan (Ma’lumotlarni ham qo‘shganda) qandaydir foydalanish yoki foydalanishning imkonsizligi tufayli yuzaga chiqqan qandaydir bevosita yoki bilvosita oqibatlar va / yoki Dasturdan (Ma’lumotlarni ham qo‘shganda) yoki uning alohida komponentlaridan va/ yoki funksiyalaridan qandaydir foydalanish, foydalanmaslik yoki foydalanishning imkonsizligi, shu jumladan ularning ishida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan xatolar yoki to‘xtab qolishlar natijasida Foydalanuvchiga va / yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi, qonun hujjatlarida bevosita belgilangan holatlar bundan mustasno.

6.3. Dastur yoki Ma'lumotlardan foydalanish / foydalanishning imkonsizligi, shuningdek, Dastur yoki Ma’lumotlar Qonun hujjatlari va / yoki uchinchi shaxslarning huquqlarini buzishi ehtimoli bilan bog'liq barcha savollar va da'volar feedback@taxi.yandex.com manzili bo‘yicha teskari aloqa shakli orqali yuborilishi kerak.

6.4. Ushbu Litsenziya va Dasturdan foydalanish bilan bog'liq barcha munosabatlar Niderlandiya qonunlari bilan tartibga solinadi.

7. Dasturning yangilanishlari/ yangi versiyalari

7.1. Ushbu Litsenziyaning amal qilishi Dasturning keyingi yangilanishlari / yangi versiyalariga tatbiq etiladi. Dasturning yangilanishlari / yangi versiyasini o'rnatishga rozilik bildirgan holda, Foydalanuvchi agar Dasturning tegishli yangilanishi / yangi versiyasi boshqa litsenziya shartnomasi bilan ta'minlanmagan bo'lsa, dasturning tegishli yangilanishlari / yangi versiyalari uchun ushbu Litsenziyaning shartlarini qabul qiladi.

8. Ushbu Litsenziya shartlarining o'zgartirilishi

8.1. Ushbu litsenziya shartnomasi Huquq egasi tomonidan bir tomonlama tartibda o'zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchiga ushbu Litsenziyaning shartlariga kiritilgan o'zgartirishlar to'g'risida xabarnoma: https://yandex.com/legal/taxi_mobile_agreement_uz/ sahifasida chop etiladi. Litsenziya shartnomasining shartlariga kiritilgan o'zgartirishlar, tegishli nashrda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, chop etilgan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

9. Huquq egasining rekvizitlari

Yandex.Taxi B.V., (ro‘yxat raqami 64591069)

Private Limited Liability Company

Schiphol Boulevard 165, 1118 BG Schiphol, the Netherlands

tel.: +31(0)202066970 / +31(0)202066971 / +31(0)623505401

fax.: +31(0)204466372

e-mail: support@taxi.yandex.com

Chop etilgan sana: 04.04.2018