Haydovchilik guvohnomasini shakllantirish bo‘yicha servisdan foydalanish shartlari

1. Umumiy qoidalar

1.1. Yandex.Taxi B.V. (bundan keyin - "Yandeks.Taksi"), amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq yengil taksini boshqarish,shuningdek, yengil taksi haydovchisi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirish, va (yoki) tashuvchi (bundan keyin- Foydalanuvchi) sifatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish huquqiga ega muloqotga layoqatli har qanday shaxsga taksi xizmati haydovchisining kartochkasini shakllantirish bo‘yicha servisdan (bundan keyin- “Servis”) foydalanishni taklif etadi. Ushbu Shartlarda Taksi xizmati deganda Yandex.Taxi bilan tuzilgan “Yandex.Taxi” servisidan erkin foydalanishni taqdim etish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha amaldagi shartnomasi bor Yandex.Taxining hamkori tushuniladi.

1.2. https://taxi.yandex.XX/drivers/YYYY/ (bu yerda “taxi.yandex.XX” egasi va mamuri Yandex.Taxi bo‘lib hisoblanadigan sayt, “XX” esa ustki darajaning tegishli domeni, “YYYY” esa sayt direktoriyasi va/yoki haydovchining so‘rovnomasi joylashtiriladigan sayt sahifasini bildiradi) manzili bo‘yicha joylashtirilgan haydovchi so‘rovnomasini to‘ldirish, va “Arizani yubor” (yoki xuddi shunday mazmundagi tugmachani) tugmachasini bosish orqali, Foydalanuvchi ushbu Shartlarni qabul qilgan hisoblanadi.

1.3. Ushbu Shartlarni qabul qilish orqali, Foydalanuvchi ushbu Shartlarning 1.1-bandida ko'rsatilgan va amaldagi qonun hujjatlarining talablariga javob berishini tasdiqlaydi va kafolatlaydi.

2. Servisdan foydalanish. Servisning alohida funksiyalari

2.1. Ushbu servis Foydalanuvchiga Yandex.Taxi tizimida haydovchi sifatida (bundan buyon matnda "haydovchi kartasi" deb nomlanadi) Foydalanuvchi to'g'risidagi ma'lumotlar to'plamini, taksi xizmatlariga bunday haydovchi kartasidan foydalanish huquqini taqdim etish maqsadida bepul shakllantirish imkonini beradi.

2.2. Ushbu Shartlarning 1.2. bandida ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha haydovchi so‘rovnomasini to‘ldirgandan keyin Yandex.Taxi Foydalanuvchi bilan so‘rovnomadagi ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun bog‘lanadi. Mazkur qoida Yandex.Taxining ushbu Shartlar bo‘yicha majburiyati sifatida qaralmaydi.

2.3. Foydalanuvchining so‘rovnoma ma’lumotlari bo‘yicha Servis “Yandex.Taхi” tizimida elektron turda haydovchining kartochkasini shakllantiradi.

2.4. Yandex.Taxi agar foydalanuvchi to'liqsiz yoki ishonchsiz ma'lumotlarni ko‘rsatgan, ushbu Shartlarning 2.2-bandida ko'rsatilgan tartibda Foydalanuvchining so‘rovnoma ma’lumotlarini tasdiqlamagan holda, shunigdek boshqa sabablarga ko‘ra Foydalanuvchiga tushuntirish berish majburiyatisiz Foydalanuvchi haydovchilik kartochkasin shakllantirishni rad etish yoki avval shakllantirilgan haydovchi kartochkasini o‘chirib tashlashga haqli.

2.5. Haydovchi kartockasi servis algoritmlari tomonidan belgilangan barcha yoki ba'zi taksi xizmatlari ko'rishi uchun ochiq bo'lishi mumkin. Agar qandaydir taksi xizmati Foydalanuvchidan bunday taksi xizmatining haydovchisi sifatida manfaatdor bo‘lsa, keyinchalik Foydalanuvchi bilan shartnoma tuzish maqsadida haydovchining kartochkasida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali Foydalanuvchi bilan aloqa bog‘lashi mumkin.Yandex.Тaxi bunday shartnomaning tarafi yoki bunday shartnomani tuzish uchun tashabbuskor bo‘lmagani kabi, bunday shartnomaning qandaydir bir tarafining vakili bo‘lib ham hisoblanmaydi. Yandex.Taxi Foydalanuvchiga taksi xizmatlaridan bunday shartnomaning tuzilishi to‘g‘risida takliflarning bo‘lishini kafolatlamaydi.

2.6. Yandex.Taxi foydalanuvchi ma'lumotlarini bu atama Maxfiylik siyosatida qanday ta’riflangan bo‘lsa shunga muvofiq ravishda islov beradi (https://yandex.com/legal/confidential_uz/), shu jumladan, ushbu Shartlarga muvofiq Foydalanuvchiga servisni taqdim etish maqsadida Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini taхi xizmatlariga taqdim etadi va / yoki ulardan foydalanish huquqini beradi. Bunda Foydalanuvchi Yandex.Taxiga mana shunday xatti-harakatlarni bajarishga, shuningdek Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ko‘rsatilgan maqsadlar uchun uchinchi shaxslardan olishiga o‘z roziligini beradi.

3. Kafolatlarning yo'qligi, mas'uliyatning cheklanganligi

3.1. Yandex.Taxi Servisning Foydalanuvchining maqsadlari va kutgan natijalariga muvofiq bo‘lishini kafolatlamagani kabi, Servisning uzluksiz va xatosiz ishlashiga ham kafolat bermaydi.

3.2. Yandex.Taxi Servisdan foydalanish yoki foydalanishning ilojsizligi natijasida Foydalanuvchi va uchinchi shaxslarga yetkazilgan hech qanday bevosita yoki bilvosita zarar uchun javobgar bo‘lmaydi va o‘rnini to‘ldirmaydi.

3.3. Foydalanuvchi Yandex.Taxi taksi xizmatlari va taksi xizmatlari haydovchilari orasidagi huquqiy munosabatlarni nazorat qilmasligini va ta’sir ko‘rsatmasligini tushunadi va qabul qiladi. Taksi xizmatlarining Foydalanuvchiga har qanday takliflari Servis tarkibiga kirmaydi va faqat Foydalanuvchi bilan tegishli taksi xizmati orasida alohida tartibga solinadi.

3.4. Shubhalarni bartaraf etish uchun, Servisning taqdim etilishi Foydalanuvchiga taksi xizmatining haydovchisi sifatida ish yuritish huquqini taqdim etmaydi. Shu bilan bog‘liq ravishda Foydalanuvchiga “Yandex.Taxi” servisidan taksi xizmati bilan tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun shartnoma bo‘lmasa, taksi xizmatining haydovchisi sifatida foydalanish taqiqlanadi.

4. Rekvizitlar

Yandex.Taxi B.V., (ro‘yxat raqami 64591069)

Private Limited Liablity Company

Schiphol Boulevard 165, 1118 BG Schiphol, the Netherlands

 

Chop etilgan sana: 04.04.2018